VIZER

VIZER (Wieser) Fridrix (1851.10.7, Vena — 1926.22.7, Sankt Gilgen) — Avstriya iqtisodchisi, siyosiy iqtisoddagi Avstriya maktabi namoyandasi. 1903-y. dan Vena un-tida siyosiy iqtisod prof. U K. Menger va E. ByomBaverk bilan birgalikda meʼyoriy naflik nazariyasini ishlab chiqdi va mazkur atamani fanga kiritdi (q. Meʼyoriy naflik nazariyasi). Marksning qiymatning mehnat nazariyasi va qoʻshimcha qiymat nazariyasini rad … Читать далее

VERNYER

VERNYER [ixtirochi, fransuz matematigi P. Vernye (1580—1637) nomidan] — 1)asbobsozlikda — ulchash asboblarida asosiy shkala boʻlinmalari boʻyicha uzunlik va burchaklarni aniqroq hisoblash uchun moʻljallangan qoʻshimcha shkala. Vernyer yordamida asosiy shkala boʻlinmalari qiymatlarining ulushlari aniqlanadi. Ishi kuzatuvchi kishi koʻzini asosiy va qoʻshimcha shkalalardagi 2 chiziqchaga (shtrixga) toʻgʻri keltirishiga asoslangan; bunda shtrixlardan biri ikkinchisining davomi boʻlishi va … Читать далее

VOLTOMMETR

VOLTOMMETR — tok zanjiridagi kuchlanish va qarshilikni oʻlchaydigan elektr asbobi; voltmetr va ommetr-dan iborat. Voltommetrlar oʻzgarmas tok zanjirida qoʻllaniladi. Toʻgʻrilagich V. lar universal asbob boʻlib, oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok zanjiridagi kuchlanishni, oʻzgarmas tok zanjiridagi qarshilikni oʻlchaydi. U oʻlchash mexanizmi, yarimoʻtkazgichli toʻgʻrilagich va qoʻshimcha rezistorlardan iborat. Universal Voltommetr larning zamonaviy variantlari mikroelektron sxemalar asosida yaratilmokda. Ular … Читать далее

VENTILLI UZGARTIRGICH

VENTILLI UZGARTIRGICH — elektr tokini bir turdan ikkinchi turga oʻzgartiruvchi qurilma. Asosiy ish organi — ventil. Oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka aylantiruvchi; oʻzgarmas tokni oʻzgaruvchan qiluvchi (invertor); bir xil chastotali oʻzgaruvchan tokni boshqa chastotali tokka oʻzgartiruvchi; bir xil kuchlanishli oʻzgarmas tokni boshqa kuchlanishli oʻzgarmas tokka oʻzgartiruvchi xillari bor. Boshqariluvchi toʻgʻrilagichlarda oʻzgaruvchan ventillardan foydalaniladi. Oʻzgaruvchan ventil oʻzgarmas … Читать далее

VINA

VINA (sanskrit) — torli-tirnama hind musiqa cholgʻu asbobi. Tirnoqlar b-n yoki koʻrsatkich va oʻrta barmoqlarga kiydirilgan noxunlar bilan chertib chalinadi. 20 ga yaqin turi mavjud. Eng mukammali — sarasvati V. Jan. Hindistonda tarqalgan boʻlib, professional musiqa ijrochiligida keng qoʻllanila-di. Unda 4 asosiy va 3 qoʻshimcha (sadola-nuvchi) tor, 19—24 surma parda boʻladi. Tovushi mayin, serjilva, tembr … Читать далее

BOLGʻALASH MASHINASI

BOLGʻALASH MASHINASI — metall zagotovkalarga zarb va bosim bilan ishlov beradigan mashina. Bolgalash, hajmiy va yassi shtamplashda ishlatiladigan xillari bor. B. m. ning bugʻ yoki qisilgan havodan ishlaydigan bugʻhavo, ish porshenlari va kompressor porshenlari orasidagi havoning siqilishi va siyraklanishi hisobiga ishlaydigan pnevmatik, harakatlanuvchi qismlari dvigatel b-n mexanik tarzda bogʻlangan mexanik, yuqori bosimli suyuqlik bilan harakatga … Читать далее

VEZDEXOD

VEZDEXOD (rus — barcha yerda yura oladi) — notekis yoʻllar, botqoqliklar, qorli va b. yurish qiyin boʻlgan joylarda yura oladigan relssiz transport vositasi. Vezdexod, odatda, maxsus shinali, pnevmogʻaltakli, gusenitsa yuritmali (zanjirli) avtomobillardan iborat boʻladi. Transmissiyasiga qoʻshimcha uzatish qutisi yoki tortish kuchiii oshirishga imkon beradigan mexanizmlar qoʻyiladi. Пост Навигацияси

VEGETATIV KOʻPAYISH

VEGETATIV KOʻPAYISH — vegetativ organlar yoki ularning bir qismidan yangi organizm paydo boʻlishi; koʻp hujayralilar uchun xos. Vegetativ koʻpayishda ham bir hujayralilarning jinsiy koʻpayishi singari klonlar — genetik jihatdan bir xiddagi individlar guruhi vujudga keladi. 1. Oʻsimliklarda Vegetativ koʻpayish tallom ixtisoslashmagan qismining ajralishi (koʻpchilik suv oʻtlari va yuksak zamburugʻlar) yoki tallomdan ixtisoslashgan qismlar ajralishi (xarasimon … Читать далее

VARRANT

VARRANT (ing. varrant — vakolat) —1) qimmatbaho qogʻoz ilovasi; uning egasiga qoʻshimcha huquq va imtiyozlar, xususan, qimmatbaho qogozlar savdosida belgilangan maʼlum vakt yoki muddatsiz davrda belgilangan narxda qimmatbaho qogʻozlarni sotib olish huquqini beradi; 2) tovarning (don, ruda va b.) omborda saqpash uchun qabul qilinganini tasdiklovchi xujjat. Пост Навигацияси

VOLFRAM RUDALARI

VOLFRAM RUDALARI — texnika va iqtisodiyotning zamonaviy rivojlangan darajasida volfram miqdorini ajratib olishda foyda keltiradigan tabiiy mineral hosilalar. Volframning 20dan ortiq minerali (volframit (Mn, Fe) [WOJ, sheyelit (CaWO4), gyubnerit Mn[WOJ va b.) maʼlum. Volfram rudalari tabiatda kassiterit (SnO2), molibdenit (MoS2), pyx, mis, qoʻrgʻoshin, sof oltin bilan birga uchraydi. Volframitda 74—76% gacha, sheyelitda 80% gacha Yu3boʻladi. … Читать далее