CHIQARISH SISTEMASI

CHIQARISH SISTEMASI, ayirish sistemasi, ekskretor sistema — tirik organizmlarda ortiqcha suv, moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari, tuz, shuningdek, unda hosil boʻladigan yoki tashqi muhitdan kiradigan zaharli moddalarni organizmdan tashqi muxitga chiqarib turadigan organlar majmui. Odam va yuksak sut emizuvchilar Ch. s. bir juft buyrak, ulardan boshlanadigan bir juft siydik yoʻli, qovuq va siydik toʻkish nayidan iborat. … Читать далее

HAYVONLAR

HAYVONLAR, hayvonot dunyo-s i (AshtaNa) — organik olam sistemasidagi yirik boʻlimlardan biri. Hayvonlarning bundan 1 — 1,5 mlrd. yil ilgari okean suvida mikroskopik, xlo-rofillsiz amyobasimon xivchinlilar shaklida paydo boʻlganligi taxmin qilinadi. Hayvonlarning eng qad. qazilma qoldiqlari yoshi 0,8 mlrd. yildan oshmaydi. Koʻp hujayrali Hayvonlar — boʻshliq-ichlilar, chuvalchanglar, tuban boʻgʻim-oyoqlilarnpnt dastlabki qoldiqlari soʻnggi kembriy qatlamlaridan boshlab … Читать далее

HOMILA

HOMILA — ona qornida 2-oyning oxiridan (9-hafta) boshlab tugʻilish vaqtigacha (40-hafta) rivojlanayotgan pusht (embrion). 9-haftada Homila inson qiyofasiga kiradi (bu davrda Homilaning boshi, koʻzi, burni, ogʻzi, tanasi, qoʻloyoqlari aniq boʻladi). Bir aku-sher oyi (28-kun)da homila tuxumidan pusht va uning pardasi rivojlanib, Homila shakllana boshlaydi. 2-oyning oxirida Homila boʻyi 3,5 sm, vazni 4 g; 3-oyning soʻngida … Читать далее

NEKROBAKTERIOZ

NEKROBAKTERIOZ, nekrobatsillyoz — uy hayvonlari va koʻpgina yovvoyi hayvonlarda uchraydigan yuqumli kasallik. Kasallikni Bacterium necrophorum bakteriyasi qoʻzgʻatadi. Bakteriya tashqi muhitga chidamsiz, quyosh nuri taʼsirida tez oʻladi. Nekrobakterioz bilan koʻproq qoʻy, sigir, ot, tovuq (aksariyat joʻjalar) kasallanib, odamga xam yuqishi mumkin. Kasallik manbai — kasal hayvonlar. Bakteriya nafas yoʻli va shikastlangan teri yoki shilliq pardalar orqali … Читать далее

INGIBITORLAR

INGIBITORLAR (lot. inhibeo – toʻxtataman, ushlab turaman) , biologiyada — tirik organizmda, shuningdek, hujayrasiz sistemalarda fermentlar faolligini susaytiradigan moddalar. Ingibitorlarning tabiiy va sintetik xillari bor. Organizmda moddalar almashinuvi mahsulotlari tabiiy Ingibitorlar va-zifasini oʻtashi mumkin. Fermentlarning katalitik taʼsirini oʻrganish, oqsillar funksional guruhlarining tabiati hamda moddalar almashinuvida har xil fermentativ jarayenlarning ahamiyatini aniqlash maqsadida Ingibitorlar koʻp ishlatiladi. … Читать далее

STOMATIT

STOMATIT (yun. stoma — ogʻiz, itis — yalligʻlanish) — ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatining yalligʻlanishi. Stomatit mustaqil kasallik holida kechishi, shuningdek, boshqa kasalliklar (qizamiq, qizilcha, fipp, kandidoz) belgisi boʻlishi mumkin. Yalligʻlanish tilda boʻlsa — glossit, milkda boʻlsa — gingivit deyiladi, bulardan har birining oʻziga xos belgilari bor. S. moddalar almashinuvi kasalliklari (avitaminoz, diabet), nerv va ichki … Читать далее

OCH QOLISH

OCH QOLISH (tibbiyotda) — oziq moddalarning organizmga butunlay yoki yetarli kirmay qoʻyishi yoki tuzuk oʻzlashtirilmasligi sababli organizmda roʻy beradigan holat; O. q. sifatsiz ovqat isteʼmol qilganda yoki organizm biror sababga koʻra ovqatni singdira olmaganda ham vujudga keladi. Och qolish tabiatda hayvonlar orasida fi-ziologik holat xisoblanadi (ular qish-ki uyquga ketganda). Bunda organizmda moddalar almashinuvi keskin pasayadi. … Читать далее

DIATOM SUVOʻTLAR

DIATOM SUVOʻTLAR (yun. diatomos – teng ikkiga boʻlingan) — kremniyli suvoʻtlar (Bacillariophyta); suv-oʻtlar boʻlimiga mansub. 20 mingga yaqin turi bor. D. s. ning mikroskopik (0,75 — 1500 mkm), bir hujayrali, yakka yoki kolonial formalari mavjud. Diatom suvoʻtlar hujayralari kremniyli ikki pallali qattiq qobiq b-n oʻralgan. Qobiq devorida tashqi muhit bilan moddalar almashinuvi sodir boʻladigan tirqishlar … Читать далее

REANIMATOLOGIYA

REANIMATOLOGIYA (reanimatsiya va… logiya) — organizmni jonlantirish va tasodifiy oʻlimdan saqlab qolish haqidagi fan; tibbiyotning bir boʻlimi. Reanimatologiya, asosan, shikastlanish, operatsiya paytida, shuningdek, klinik amaliyotda nafas aʼzolari, qon aylanishi, endokrin sistema, moddalar almashinuvi va b. jarayonlarning buzilishidan yuzaga keladigan ogʻir hollarda organizmning hayotiy muhim funksiyalarini boshqarish va tiklash masalalarini oʻrganadi. Qadimdan vrachlar oʻz davridagi mavjud … Читать далее

OVQATLANISH

OVQATLANISH — organizmning hayot faoliyatini taʼminlash, salomatlik va ish qobiliyatini saqlab turish uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtirish jarayoni. Kishi rejim bilan toʻgʻri ovqatlansa, kasalliklarga kamroq chalinib, ularni oson yengadi. Toʻgʻri Ovqatlanish barvaqt qarib qolishning oldini olishda ham muhim ahamiyatga ega. Meʼda-ichak, yurak-tomir kasalliklari va b. kasalliklarda alohida tuziladigan ratsion hamda Ovqatlanish rejimi davo shartlaridan hisoblanadi … Читать далее