OMSK VILOYATI

OMSK VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1934-y. da tashkil etilgan. Gʻarbiy Sibir iqtisodiy rayoniga kiradi. Mayd. 139,7 ming km2. Aholisi 2162,5 ming kishi (2000), asosan, ruslar (80,3%), shuningdek, nemis (6,3%), ukrain (4,9%), qozoq (3,5%), tatar (2,3%) va b. millat vakillari (2,7%) ham yashaydi. Shahar aholisi 67,3%. Tar-kibiga 32 maʼmuriy tuman, 6 shahar, 24 shaharcha ki-radi. … Читать далее

OLMAOTA VILOYATI

OLMAOTA VILOYATI — Qozogʻistonning jan.-shar-qidagi viloyat. 1932-y. 10-martda tashkil qilingan. Mayd. 104,7 ming km2. Aholisi 1614,8 ming kishi (1999). Asosan, qozoqlar. shuningdek, rus, ukrain, uygʻur, koreys va b. ham yashaydi. 11 maʼmuriy tuman, 4 shahar va 6 shaharcha bor. Markazi — Olmaota sh. Viloyat jan. da Shim. Tyanshan togʻlari, shim.-gʻarbda Balxash koʻli va shim.-sharkda Ili … Читать далее

ELISTA

ELISTA (1944-1957-yillarda Stepnoy) — RF Qalmoq Respublikasidagi shahar, respublika poytaxti, t. y. stansiyasi. Aholisi 103,9 ming kishi (2002). Elistaga 1865-yilda asos solingan. Qurilish materiallari (temirbeton buyumlar, keramzit zdlari, qurilish materiallari kti), yengil (tikuvchilik va trikotaj fkalari), yogʻochsozlik (mebel f-kasi va boshqalar), oziq-ovqat (goʻsht k-ti va boshqalar) sanoatlari korxonalari ishlab turibdi. «Xolodilnik» z-di faoliyat koʻrsatadi. Unt, … Читать далее

GAYANA

GAYANA (Guyana), Gayana Kooperativ Respublikasi (Cooperative Republic of Guyana) — Jan. Amerikaning shim.-sharqidagi davlat. Mayd. 215 ming km2. Aholisi 900 ming kishi (1997). Poytaxti — Jorjtaun sh. Maʼmuriy jihatdan 10 okrugga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Gayana — Hamdoʻstlik tarkibidagi respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1978-y. iyuddagi referendumda qabul qilingan va 1980-y. 6-oktyabrdan kuchga kirgan. Davlat va hukumat boshligʻi … Читать далее

GAZIANTEP

GAZIANTEP — Turkiyaning jan. dagi shahar, Gaziantep elining maʼmuriy markazi. Aholisi 600 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Su-riyaga boruvchi t. y. stansiyasi. Avtomobil yoʻllari tuguni. Mashinasozlik, oziq-ovqat, toʻqimachilik, sement, silikat-keramika, yogʻochsozlik va sellyuloza-qogʻoz sanoati, spirt-araq, sovun ishlab chiqaruvchi korxonalari bor. Q. x. mahsulotlari savdosi oʻtkaziladi. Пост Навигацияси

IVANO-FRANKOVSK VILOYATI

IVANO-FRANKOVSK VILOYATI (1962-y. gacha Stanislav viloyati) — Ukrainaning gʻarbidagi viloyat. 1939-y. 4 dek. da tashkil etilgan. Mayd. 13,9 ming km2. Aholisi 1465 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, polyak, yahudiy, beloruslar ham yashaydi. Maʼmuriy markazi — Ivano-Frankovsk sh. I.-F. v. Sharqiy Yevropa tekisligi b-n Karpat togʻlari tutashgan joyda. Relyefi tekislik, Dnestr boʻyi oʻrmonli dashti, … Читать далее

KAMCHATKA VILOYATI

KAMCHATKA VILOYATI — RFdagi viloyat. 1932-y. 20 okt. da Xabarovsk oʻlkasi tarkibida tashkil etilgan. 1956-y. dan Koryaklar muxtor okrugini oʻz ichiga olgan RFning mustaqil viloyati. Kamchatka ya. o. da, shuningdek, Karaga va Komandor o. larida joylashgan. Oxota va Bering dengizlari va Tinch okeanga tutash. Mayd. 472,3 ming km2. Aholisi 383,2 ming kishi (2000), asosan, ruslar, … Читать далее

SYERRA-LEONE

SYERRA-LEONE (Sierra Leone) , Syerra Leone Respublikasi (Republic of Sierra Leone) — Afrikaning gʻarbida, Atlantika okeani sohilida joylashgan davlat. Mayd. 72,3 ming km2. Aholisi 5,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — Fritaun sh. Maʼmuriy jihatdan 3 viloyat (province)ra va Gʻarbiy viloyatga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Syerra-Leone — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1991-y. … Читать далее

UJGOROD

UJGOROD — Ukrainaning Zakarpatye viloyatipagi shahar, viloyat markazi. Sharqiy Karpat togʻlarining etagida, Uj daryosining har ikkala sohilida. T. y. stansiyasi. Shosse yoʻllari chorrahasi. Aeroport bor. Aholisi 117,3 ming kishi (2001). Arxeologik tekshirishlarga qaraganda Ujgorod 8—9-a. larda barpo qilingan va oʻsha davrdan Kiyev Rusi, 11a. oxiridan Vengriya qirolligi tarkibida. 18-a. boshlarida Avstriya (1867-y. dan AvstriyaVengriya) qoʻl … Читать далее

OʻSIMLIKLAR ANATOMIYASI

OʻSIMLIKLAR ANATOMIYASI — botanikaning oʻsimliklarning ichki tuzilishini oʻrganadigan boʻlimi. Oʻsimliklar anatomiyasining paydo boʻlishi mikroskopning kashf etilishi va 17-asr oxirida italiya biologi M. Malpigi hamda ingliz botanigi N. Gryu tomonidan ilk bor oʻsimlik toʻqimalarining mikroskopik tuzilishini oʻrganilishi bilan bogʻliq. Oʻsimliklar hujayralarini oʻrganib olingan natijalardan 19-asrda T. Shvann oʻzining hujayra nazariyasini ishlab chiqishda foydalangan. 19-asrning 2-yarmi va … Читать далее