OMSK VILOYATI

OMSK VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1934-y. da tashkil etilgan. Gʻarbiy Sibir iqtisodiy rayoniga kiradi. Mayd. 139,7 ming km2. Aholisi 2162,5 ming kishi (2000), asosan, ruslar (80,3%), shuningdek, nemis (6,3%), ukrain (4,9%), qozoq (3,5%), tatar (2,3%) va b. millat vakillari (2,7%) ham yashaydi. Shahar aholisi 67,3%. Tar-kibiga 32 maʼmuriy tuman, 6 shahar, 24 shaharcha ki-radi. Markazi — Omsk sh. Boshqa yirik shaharlari — Isilkoʻl, Tara.

Omsk viloyati Gʻarbiy Sibir tekisligida Irtish daryosi havzasida joylashgan. Yer yuzasi qiya-toʻlqinsimon tekislik, bal. 100—140 m, jan. qismida qator tepa («griva»)lar, shim. qismida keng botqokliklar bor. Iqlimi kontinental, moʻtadil sovuq. Qishi davomli va qattiq yanv. ning oʻrtacha t-rasi —20°. Iyulniki 20°. Yillik yogʻin 300—400 mm. Vegetatsiya davri 153—162 kun. Daryolari Irtish havzasiga mansub. Koʻl koʻp, jan. dagi koʻllar koʻpincha shoʻr, shim. da — chuchuk. Ulardan eng yiriklari — Ik, Tenis, Saltaim, Ebeyti. Tuproklari qora tuproq, podzol, oʻtloq, kulrang oʻrmon, chimli podzol. Oʻrmon va butazorlar viloyat hududining 1/4 qismini egallaydi. Qoraqaragʻay, oqqaragʻay, oq qayin, kedr, togʻ terak oʻsadi. Ayiq, boʻri, tulki, quyon, ondatra, gʻoz, oʻrdak yashaydi, baliq turi koʻp.

Sanoatining muhim tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik (q. h. mashinasozligi, motorsozlik, pri-borsozlik, elektrotexnika va radioelektronika sanoatlari — «Polyot» i. ch. birlashmasi, «Omsk» motorsozlik korxonasi, «Sibkriotexnika» va b.), neftni qayta ishlash, kimyo va neft kimyosi (sintetik kauchuk, texnik rezina mahsulotlari, plastmassalar, Omsk neftni qayta ishlash z-di, «Omskkauchuk» aksiyadorlik jamiyati, texnik uglerod z-di; avtopokrishkalar — «Omskshina» va b. korxonalar). Yogʻochsozlik korxonalari ishlab turibdi. Yirik sanoat markazlari — Omsk, Kalachinsk, Isilkoʻl, Tara va b. shaharlar.

Omsk viloyati Sibirning yirik q. x. rayonlaridan biri. Gʻalla, texnik (zigʻir) va ozuqa ekinlari, kartoshka va sabzavot ekiladi. Sut-goʻshtchorvachiligi rivojlangan. Moʻynali hayvonlar (olmaxon, ondatra va b.) ovlanadi, darrandachilik b-n shugʻullaniladi. Irtish daryosida kema qatnaydi. Nijnevartovsk — UstBalik—Omsk neft quvuri oʻtkazilgan. Avtoyoʻllar zichligi 53 km/ming km2. 9 oliy oʻquv yurti, 2 muzey, 4 teatr, filarmoniya bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x