KAPITALIZM

KAPITALIZM — xususiy mulk, bozor iqtisodiyoti va demokratik intlarga asoslangan jamiyat turi. Ijtimoiy tafakkurning turli oqimlarida Kapitalizm — erkin tadbirkorlik tizimi, industrial jamiyat taraqqiyotining bosqichi, Kapitalizmning hoz. davri esa — «aralash iqtisodiyot», «postindustrial jamiyat», «axborot jamiyati» va b. sifatida taʼriflanadi. Marksizmda Kapitalizm — i. ch. vositalariga xususiy mulkchilikka va yollanma mehnatning kapital tomonidan ekspluatatsiya qilinishiga … Читать далее

XELSINKI

XELSINKI, Gelsingfors Finlyandiya poytaxti. Usima lyanining maʼmuriy markazi. Aholisi 551,1 ming kishi (1999) . Transport yoʻllarining muhim chorrahasi. Fin qoʻltigʻi sohilidagi port. Malmi aeroporti xalkdro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim iqgisodiy, moliya va madaniyat markazi. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik (asosan, kemasozlik, elektrotexnika, koʻtarish kranlari va sellyulozaqogʻoz sanoati uchun jihozlar i. ch.). Toʻqimachilik, kimyo va keramika, … Читать далее

FINLYANDIYA

FINLYANDIYA (fincha Suomi, shvedcha Finland) , Finlyandiya Respublikasi (fincha Suomen Tasavalta, shvedcha Republiken Finland) — Shim. Yevropada joylashgan davlat. Mayd. 337 ming km2. Aholisi 5,186 mln. kishi (2002). Poytaxti — Xelsinki sh. Maʼmuriy jihatdan 5 lyani (guberniya) ga boʻlinadi. 1991-y. dan oʻzini oʻzi boshqarish maqomini olgan Aland o. lari bu hisobga kirmaydi. Davlat tuzumi. Finlyandiya … Читать далее

QALMOGʻISTON

QALMOGʻISTON, Qalmogʻiston Respublikasi (Xalmg-Tangch) — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Rossiya Yevropa qismining jan. da joylashgan. Mayd. 76,1 ming km2. Aholisi 292,4 ming kishi (2002). Poytaxti — Elista shahri Maʼmuriy jihatdan 13 tuman, 3 shahar, 6 shaharchaga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Q — respublika. Respublika boshligʻi — prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Xalq Xurali (parlament), ijrochi hokimiyatni rais … Читать далее

DAVLAT BOSHLIGʻI

DAVLAT BOSHLIGʻI — davlatning ichki va tashqi ishlariga oliy rahbarlikni amalga oshiruvchi shaxs yoki organ. Monarxiya boshqaruvi shaklidagi davlatlar (Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Yaponiya)da Davlat boshligʻi monarx (qirol, podsho, imperator) boʻlib, uning hokimiyati hukmron xonadon bir vakilidan 2-vakiliga qonunda belgilangan tartibda oʻtadi. Respublika boshqaruvi shakli amalda boʻlgan davlatlarda koʻpincha prezident D. b. hisoblanadi. U bevosita fuqarolar … Читать далее

ROSSIYADA 1905-07 YILLAR INQILOBI

ROSSIYADA 1905-07 YILLAR INQILOBI — samoderjaviyega qarshi kurash voqealari. 1904—05 y. lardagi rusyapon urushi natijasida mamlakatdagi inqirozli ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskinlashdi. Sankt-Peterburgda 1905-y. 9 yanv. da ishchilarning tinch namoyishi oʻqqa tutilganligi (Qonli yakshanda deb nom olgan voqea) inqilobning boshlanib ketishiga turtki boʻldi; dehqonlar gʻalayonlari kengayib ketdi, ishchilar orasida, armiya va flotda noroziliklar kuchaydi («Potyomkin» bronenosetsida qoʻzgʻolon, … Читать далее

FRONDA

FRONDA (frans. fronde, aynan — palaxmon, sopqon) — 1) 1648—53 y. larda Fransiyada absolyutizmga, J. Mazarini hukumatiga qarshi ijtimoiy harakat; oʻz tarkibiga turli sotsial tabaqalarni qamrab olgan (parlament F. si, «shahzodalar» F. si); 2) asosan, shaxsiy yoxud guruhiy xarakterga oid prinsipial boʻlmagan muxolifat. Пост Навигацияси

EKVATORIAL GVINEYa

EKVATORIAL GVINEYa, Ekvatorial Gvineya Respublikasi — Ekvatorial Afrika, Atlantika okeani sohilida joylashgan davlat. Tarkibiga materik qism — RioMuni hamda Bioko o. va boshqalar mayda orollar kiradi. Mayd. 28,1 ming km2. Aholisi 498,1 ming kishi (2002). Poytaxti — Malabo shahri Maʼmuriy jihatdan 7 provinsiya (rgoutse)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Ekvatorial Gvineya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 yil … Читать далее

MAROKASH

MAROKASH, Marokash Podshohligi (Al-Mamlaka al-Magʻribiya yoki AlMagʻrib al-Aksa, maʼnosi — uzoq gʻarb) — Afrikaning shim.-gʻarbidagi davlat. Mayd. 446,5 ming km2. Aholisi 30,6 mln. kishi (2001). Poytaxti—Rabot sh. Maʼmuriy jihatdan 18 viloyat (vilay)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Marokash — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1972-y. da qabul qilingan, unga 1992 va 1996-y. referendumlarda qabul qilingan oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat … Читать далее

MARKAZIY AFRIKA RESPUBLIKASI

MARKAZIY AFRIKA RESPUBLIKASI (MAP) (Republigue Centrafricaine) — Markaziy Afrikada joylashgan davlat. Mayd. 623 ming km2. Aholisi 3,5 mln. kishi (2001). Poytaxti — Bangi sh. Maʼmuriy jihatdan 16 prefekturaga boʻlinadi. Davlat tuzumi. MAP — respublika. Amaddagi konstitutsiyasi 1994-y. 28 dek. da umumxalq referendumida maʼqullangan va 1995-y. 7 yanv. dan kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident. U … Читать далее