ANDIJON TUMANI

ANDIJON TUMANI — Andijon viloyati markaziy qismida joylashgan tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Jalaquduq, Xoʻjaobod, Asaka, Oltinkoʻl, Baliqchi, Izboskan va Paxtaobod tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,38 ming km2. Aholisi 177,3 ming kishi (2000). Andijon tumanida 1 shaharcha (Kuyganyor) va 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Boʻtaqora, Yorboshi, Kunji, Nayman, Orol, Oqyor, Xaqan, Xartum, Xarabek) bor … Читать далее

ANGOB

ANGOB — qizil kesakdan tayyorlangan boʻyoq. Angob kulolchilikda keng qoʻllaniladi. Sopol idishlar va buyumlar Angob surtishdan oldin quritiladi. Notekis joylari maxsus loy (dazmol loy) bilan tekislanadi, soʻng hoʻl latta bilan silliqlanadi. Baʼzan Angob bir necha qavat surtiladi. Idishlar va buyumlar Angobdan keyin naqshlanadi. Oʻrta Osiyo xalqlari Angobni neolit davri (mil. av. 4 — 3 ming … Читать далее

AVARLAR

AVARLAR (oʻzlarini maarulal deb ataydilar) — Dogʻistonda (496 ming kishidan ziyod) va Ozarbayjonning shim. gʻarbiy qismida (44 ming kishi) yashovchi yerlik xalq. A. va ularga yaqin xalqlarning umumiy soni Rossiya Federatsiyasida 544 ming kishi (1992). Avarlar islom dinining sunniy oqimiga mansub. Avar tilida soʻzlashadi. 19-a. ning 2-yarmida faqat Xunzax yassitogʻligida yashovchi aholi oʻzlarini Avarlar deb … Читать далее

AXAL VILOYATI

AXAL VILOYATI (sobiq Ashxobod vi-loyati) — Turkmaniston tarkibidagi viloyat. 1973-y. 27 dek. da tashkil etilgan. Mayd. 95,4 ming km2. Aholisi 875 ming kishidan ziyod (1997; Ashxobod sh. aholisisiz), asosan turkmanlar, shuningdek ruslar, oʻzbeklar, ukrainlar, balujlar va b. yashaydi. Shaharliklar 62%. A. v. da 9 tuman, 3 shahar va 13 shaharcha bor. Markazi — Ashxobod sh. … Читать далее

ATMOSFERA

ATMOSFERA (yun. atmos — bug va sfera) — yer sharini oʻrab olgan va u bilan birga aylanadigan havo qobigʻi. Atmosfera massasi 5,15-Yu15 t boʻlib, yer shari ogʻirligi (5,977-1021 t)ning taxm. milliondan bir boʻlagiga teng. Balandlikka koʻtarilgan sari A. bosimi va zichligi kamayib boradi. Atmosferaning qalinligi bir necha oʻn ming km boʻlishiga qaramay, uning asosiy massasi … Читать далее

ARXEOLOGIK SANALASH

ARXEOLOGIK SANALASH — arxeologik yodgorliklarning yoshini aniqlash. Ularning sanasi yil, yuz yillar, ming yillarda mutlaq, aniq koʻrsatilishi hamda boshqa yodgorliklarga nis-batan aniqlangan nisbiy (ilgari, soʻnggi) boʻlishi mumkin. Ax. arxeologik usullar (stratigrafik, tipologik) va tabiiy fanlar usullari (radio-uglerod usuli b-n sanalash va b.) bilan aniqlanishi mumkin.

ARAFURA DENGIZI

ARAFURA DENGIZI — Hind okeanining chekka dengizi. Avstraliya, Yangi Gvineya, Tanimbar va Kay o. lari oraligʻida. Mayd. 1017 ming km2. Koʻp qismining chuq. 200 m, shim.-gʻarbda 3680 m gacha. Oqimlar yozda gʻarbdan sharqqa, qishda sharqdan gʻarbga yoʻnalgan. Suvining oʻrtacha t-rasi 25 — 28°. Shoʻrligi 34 — 35%o. Eng katta qoʻltigʻi — Karpentariya.

ARAKS

ARAKS — Zakavkazyedagi daryo (bosh qismi Turkiyada, quyi qismi Ozarbayjonda). Kuraning oʻng irmogʻi. Uz. 1072 km, havzasining mayd. 102 ming km2. Oʻrtacha yillik suv sarfi 285 m3/sek. Araksda Ozarbayjon — Eron gidrotexnika kompleksi ishga tushdi.

APELSIN

APELSIN, poʻrtaxol (Citrus sinensis — gollandcha appelsien — aynan xitoy olmasi) — rutadoshlar (apelsingullilar oilasi)ning sitruslar turkumiga mansub doim yashil daraxt va buta. Vatani — Birma va Jan.-Gʻarbiy Xitoy. Yovvoyi holda uchramaydi. Tropik va subtropik mamlakatlarda qadimdan madaniylashtirilgan (Xitoyda 2 ming yildan beri, Jan. Yevropada 15-a. dan, Kavkazning Qora dengiz buylarida 11-a. dan). Boʻyi 6 … Читать далее

ANDIJON VILOYATI

ANDIJON VILOYATI — OʻzR tarkibidagi viloyat. Fargʻona vodiysining sharqiy qismida. 1941-y. 6-martda tashkil etilgan. Mayd. 4,2 ming km2. Axolisi 2196,0 ming kishi (2000). Andijon viloyatida 14 qishloq tumani (Andijon, Asaka, Baliqchi, Buloqboshi, Boʻz, Jalaquduq, Izboskan, Marhamat, Oltinkoʻl, Paxtaobod, Ulugʻnor, Xoʻjaobod, Shahrixon, Qoʻrgʻontepa), 11 shahar (Andijon, Asaka, Marhamat, Oxunboboyev, Paxtaobod, Poytugʻ, Xonobod, Xoʻjaobod, Shahrixon, Qorasuv, Qoʻrgʻontepa), … Читать далее