ANGOB

ANGOBqizil kesakdan tayyorlangan boʻyoq. Angob kulolchilikda keng qoʻllaniladi. Sopol idishlar va buyumlar Angob surtishdan oldin quritiladi. Notekis joylari maxsus loy (dazmol loy) bilan tekislanadi, soʻng hoʻl latta bilan silliqlanadi. Baʼzan Angob bir necha qavat surtiladi. Idishlar va buyumlar Angobdan keyin naqshlanadi. Oʻrta Osiyo xalqlari Angobni neolit davri (mil. av. 4 — 3 ming yillik) dan boshlab sopol idishlarga naqsh berishda va boʻyashda ishlatgan. Kushon podsholigi (mil. av. 2 — 1 va mil. 1 — 4 – a. lar) davridagi sopol idishlarning sirti Angob bilan boʻyalgan. Bunday idishlar Oʻrta Osiyoda qoraxoniylar davri (11 — 12 – a. lar) da ham keng tarqalgan. Angobdan qad. qabilalar oʻliklarni koʻmishda ham foydalangan. Koʻpincha murdaga Angob surtib yoki sepib koʻmilgan. Qad. odamlar gʻorlarningde-vorlariga va qoyatoshlarga Angob bilan rasmlar chizgan. Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Zarautsoydan 1936-y. da G. V. Parfenov topgan qad. rasmlar (hayvonlar shakllari) ham Angob b-n chizilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x