VYETNAM

VYETNAM, Vyetnam Sotsialistik Respublikasi (Cond Hoa Xa Hoi Chu Nghia Viet Nam) , BCP – Jan.-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy ya. o. dagi davlat. Mayd. 330 ming 991 km2. Axoliyey 76,3 mln. kishi (1999). Maʼmuriy jihatdan 63 viloyat (tin) va markazga boʻysunuvchi 4 shahar — Xanoy, Xoshimin (sobiq Saygon) Xayfon va Xyuega boʻlinadi. Poytaxti — Xanoy sh. … Читать далее

VORONEJ OT ZOTI

VORONEJ OT ZOTI — arava, chana va qoʻshga qoʻshiladigan, yuk tashishga moslashgan ot. Voronej viloyatining qator tuman va xoʻjaliklarida Rossiyada bityug nomi bilan maʼlum boʻlgan mahalliy otlarni ogʻir yuk tortuvchi va yoʻrtoqi ot zotlari bilan chatishtirib chiqarilgan. Voronej ot zoti qishloq xoʻjaligi va b. ishlarni bajarishsa ishchanligi bilan ajralib turadi. Ozuqa va sharoit tanlamaydi, chidamli. … Читать далее

VETERINARIYA AKUSHERLIGI

VETERINARIYA AKUSHERLIGI — klinik fan, jinsiy jarayonning norma va patologiya masalalari bilan shugʻullanib (urugʻlantirish, otalanish, boʻgʻoz boʻlish, tugʻish va tuqqandan soʻnggi davr), shuningdek sut bezlari va yangi tugʻilgan hayvonlar kasalliklarini oʻrganadi. Veterinariya akusherligi qishloqxoʻjaligi hayvonlarini sunʼiy qochirish nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqadi, hayvonlarning tugʻishiga yordam berish va bosh sonini koʻpaytirish yoʻllarini oʻrgatadi. Veterinariya akusherligi hayvonlar … Читать далее