MASHINALASHGAN ISHLAB CHIQARISH

MASHINALASHGAN ISHLAB CHIQARISH — ijtimoiy i. ch. taraqqiyotining tarixiy bosqichi. Bu bosqichda mehnat quroli sifatida mashinalardan foydalaniladi. Mashinalashgan ishlab chiqarish sanoat rivojlanishiga asos boʻldi va mayda, tarqoq hunarmandchilikni siqib chiqardi. Mashinalashgan ishlab chiqarishga manufaktura moddiy va iktisodiy zamin yaratdi. Mashina texnikasi asosida manufaktura korxonasi f-kaga aylandi. Yirik Mashinalashgan ishlab chiqarishda mehnatning kooperativ xarakteri zaruriy boʻlib … Читать далее

KUYBISHEV Valerian Vladimirovich

KUYBISHEV Valerian Vladimirovich (1885.25.5, Omsk – 1935.25.1, Moskva) — Turkistonda bolshevikcha rejimni oʻrvatgan sovet siyosatchilaridan biri. 1919-y. okt. dan Butun Rossiya MIK va XKSning Turkiston Komis-siyasi (q. Turkkomissiya) raisining oʻrinbosari va raisi sifatida Turkistonda bolsheviklar hukmronligini qaror toptirishda gʻoyaviy-siyosiy rah-barlik qildi. 1920—21 y. larda M. V. Frunzenit yaqin yordamchisi boʻlib, Turkiston fronti siyosiy boshkarma-sining boshligʻi, … Читать далее

TURKON XOTUN

TURKON XOTUN (asli Terkan «oliy nasabli», «zodagon oilaga xos», «xotun» — malika) (? — 1232/33. 18/6.10) — Anushtegin asos solgan xorazmshoxlar sulolasining soʻnggi hukmdori Alouddin Muhammad xorazmshoh (1200—20) ning onasi. Juvayniytj taʼkidlashicha, Turkon xotun qangʻli urugʻidan boʻlgan qipchoq xoni Aqranning qizi edi. Tarixiy manbalarda taʼkidlanishicha, Sulton Muhammad hukmronligi davrida Turkon xotun saltanat ishlarida yetakchi mavqeni … Читать далее

MODDIY MANFAATDORLIK

MODDIY MANFAATDORLIK — muayyan jamiyat, qatlamlar, guruxdar va ayrim kishilarni oʻz iqtisodiy va mehnat faoliyatlari yuqori samarali boʻlishidan manfaatdor etadigan va faollikka undaydigan obyektiv-iqtisodiy tamoyillar. Kishilarning moddiy extiyojlari moddiy neʼmatlar bilan qondiriladi. Shuning uchun ham, tabiatni, tabiiy neʼmatlarni oʻzlashtirish (oʻzinikilashtirish), ulardan hayotiy makon va moddiytabiiy resurelar sifatida foydalanish, ijtimoiy zarur mahsulot i. ch. va isteʼmol … Читать далее

MASʼUD GʻAZNAVIY

MASʼUD GʻAZNAVIY (? – 1041) – Gʻaznaviylar davlati hukmdori (1030 — 41). Maxmud Gʻaznavishshnt oʻgʻli. Masʼud Gʻaznaviy davrida mamlakatda poraxoʻrlik, gʻayriqo-nuniy soliqlar, aholini talash avj olgan. Otasi siyosatini davom ettirgan Masʼud Gʻaznaviy Qoraxoniylar davlati bilan yaxshi qoʻshnichilik aloqalarini saqlab qolishga uringan. Gʻaznaviylarga nomigagina tobe boʻlgan Xorazm amalda mu-staqil edi. Oltingposh vafotidan soʻng Masʼud Xorazmni uning … Читать далее

MADANIYAT

MADANIYAT — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va maʼnaviy boyliklarda ifodalanadi. «Madaniyat» tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik Madaniyat), konkret jamiyat, elat va millat (oʻzbek Madaniyati), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining oʻziga xos sohalari (mas, mehnat M. i, badiiy Madaniyat, turmush … Читать далее

MOTURIDIY

MOTURIDIY, Abu Mansur alMoturidiy (toʻliq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Maxmud al-hanafiy al-Moturidiy asSamarqandiy) (870 — Samarqand — 944) — imom, fikdolimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. «Imom al-xudo», «Imom al-mutakallimin» («Hidoyat yoʻli imomi», «Mutakallimlar imomi») nomlari bilan ulugʻlangan. Moturid qishlogʻi (hoz. Jomboy tumani)da tavallud topib, to umrining oxirigacha shu yerda yashagan, bu … Читать далее

MOLDAVAN TILI

MOLDAVAN TILI — roman tillaridan biri, Moldaviya Respublikasida va unga qoʻshni davlatlarda tarqalgan; 3 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi. Shevalari shim.-gʻarbiy, shim.-sharqiy, markaziy va jan.-gʻarbiy guruxdarga ajratiladi. Moldavan tili rumin tiliga yaqin boʻlib, grammatik xususiyatlariga koʻra, bir-biriga oʻxshaydi; faqat adabiy meʼyor sohasida, xususan, fonetikada (talaffuz jonli tilga yaqin) va leksikada (rus tilidan oʻzlashgan soʻzlar koʻp) … Читать далее

FUQAROLIK JAMIYATI

FUQAROLIK JAMIYATI — konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqgisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy intlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzinioʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy tuzum. Bunda mamlakatning … Читать далее

TATARISTON

TATARISTON (Tatarstan), Tatariston Respublikasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika, Sharqiy Yevropa tekisligida joylashgan. Mayd. 68 ming km2, Aholisi 3,8 mln. kishi (2002). Poytaxti — Qozon sh. 43 tuman, 20 shahar, 20 shaharcha bor. Davlat tuzumi. Tatariston — respublika. Davlat boshligʻi prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Davlat kengashi (parlament), ijrochi hokimiyatni Vazirlar Mahkamasi (hukumat) amalga oshiradi. Tabiati. … Читать далее