SABZI

SABZI (Daucus) — soyabonguldoshlar oilasiga mansub ikki, qisman bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, sabzavot ekini. Sning 60 dan ortiq turi bor. Bir turi (D. carota) — madaniy Sabzi ekiladi. Bu tur Gʻarb (Oʻrta Yer dengizi havzasidan kelib chiqqan 4 turxil — karotinli, sariq, oq, binafsharang Slar) va Osiyo (Afgʻoniston va unga yaqin hududlardan kelib chiqqan … Читать далее

UGOM TIZMASI

UGOM TIZMASI — Gʻarbiy Tyanshanning bir qismi. Tizmaning jan. gʻarbiy qismi Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanы hududida. Talas Olatovidan (Manas tog tuguni yaqinidan) boshlanib jan. gʻarb tomon 115 km ga choʻzilgan. Piskom va Ugom daryolari oraligʻida. Uning jan. gʻarbiy qismi Oʻzbekistonda, shim,sharqiy qismi esa Qozogʻiston hududida. Suvayirgʻich yaqinidan ikki davlatning chegarasi oʻtadi. Oʻrtacha bal. 3000—3500 m, … Читать далее

EKOTIP

EKOTIP, ekologik tip — muayyan ekologik sharoitga moslashgan. bir turga mansub oʻsimliklardagi bir xil populyatsiyalar majmui; shu sharoitda irsiy morfologik, fiziologik, biokimyoviy va boshqalar xususiyatlar vujudga keladi. «Ekotip» terminini fanga shved olimi G. Turesson kiritgan (1920). Ekotipning 3 turi bor: iqlimiy yoki geografik Ekotip — tur yashash arealining alohida qismini ishgʻol qiladi; ular maʼlum iqlim … Читать далее

PERU

PERU (Peru), Peru Respublikasi (Republika del Peru) — Jan. Amerikaning gʻarbiy qismida joylashgan davlat. Mayd. 1 mln. 285,2 ming km2. Axoliyey 27,9 mln. kishi (2002). Poytaxti — Lima sh. Maʼmuriy jiqatdan 25 departament (departamento) ga bulinadi. Davlat tuzumi. Peru — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1993-y. 29 dek. da qabul qilingan, unga 2000-y. da tuzatishlar kiritilgan. Davlat … Читать далее

PARVONALAR

PARVONALAR (Pyralidae) — kapalaklar oilasi. 20 mingga yaqin turi maʼlum. Qanotlari yoyilganda 1—5 sm; ol-dingi qanoti uchburchak shaklida yoki ensiz uzunchoq, orqa qanoti esa keng boʻlib, cheti kalta shokilali. Barcha qitʼalarning, asosan, choʻl, quruq dasht, chalovzor va oʻtloqlarida tarqalgan. Koʻpchiligining qurtlari oʻsimlik ichida (ildiz, kurtak, meva va b.) yoki oʻralgan barglarda yashaydi. Hammaxoʻr. Parvonalardan oʻtloq … Читать далее

OʻRTA ERON TOGʻLARI

OʻRTA ERON TOGʻLARI — Erondagi togʻ sistemasi, Eron togʻligining ichki qismida. Shim. gʻarbdan jan. sharqqa 1000 km ga choʻzilgan, eni eng serbar joyida 300 km. Aksari qismining bal. 2000— 2500 m, eng baland joyi 4420 m (Hazor choʻqqisi). Yirik tizmalari — Koʻhirud va Koʻhibenon. Togʻlar, asosan, choʻkindi va vulkan jinslaridan tuzilgan, qurum koʻp. Yillik yogʻin … Читать далее

POLIFAGIYA

POLIFAGIYA (poli… va… fagiya) — 1) odamlarda, mechkaylik — ovqatni haddan tashqari koʻp isteʼmol qilish. Polifagiya sogʻlom odamda energiya va oqsilga talabning oshishi (uzoqochlikdan, ogʻir jismoniy mehnat va yuqumli kasalliklardan soʻng) yoki ayrim kasalliklar (qandli diabet, buqoq va b.), shuningdek, gipotalamusdagi ovqatlanish markazining qoʻzgʻalishi tu-fayli (mas, nevrozlar, aqli zaiflik-da) paydo boʻladigan soxta ochiqish hissi bilan … Читать далее

OʻSh VILOYATI

OʻSh VILOYATI — Qirgʻiziston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1939 yil 21 noyab. da tashkil qilingan. Oʻsh viloyati respublikaning jan. gʻarbiy qismida joylashgan. Janubiy sharqida Xitoy bilan chegaradosh. Mayd. 29,2 ming km2. Aholisi 1176 ming kishi (1999), asosan, qirgʻizlar va oʻzbeklar, shuningdek, rus, tatar, ukrain, tojik va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 480 ming kishidan … Читать далее

OʻTLOQSHUNOSLIK

OʻTLOQSHUNOSLIK — oʻtloq va yay lovlar haqidagi taʼlimot; geobotanika (biogeotsenologiya)ning bir boʻlimi; oʻtloqchilikning ilmiy asosi. Oʻtloq xillarini va ularning joylashish qonuniyatlarini aniqlash hamda tavsiflash; oʻtloq biogenotsenozlarining tarkibi va dinamikasini aniqlash, oʻtloq oʻsimliklarining biologik, ekologik hamda xoʻjalik xususiyatlarini oʻrganish; yaylov va pichanzorlardan yemxashak sifatida foydalanish, mavjud zararli va zaharli oʻsimliklarni, tabiiy oʻtloq turlarini oʻrganish, oʻtloqlarda pasportlashtirish … Читать далее

TEXNOLOGIK XARITA

TEXNOLOGIK XARITA — ayrim turdagi qishloq xoʻjaligi. mahsulotini yetishtirish bilan bogʻliq texnologik ishlar mavjui. Ishlab chiqarish. resurslariga boʻlgan ehtiyojlar, ulardan foydalanish va boshka i. ch. koʻrsatkichlari, shuningdek, belgilangan ishlab chiqarish. dasturini bajarish boʻyicha tashkiliyiqtisodiy tadbirlar aks etgan normativ reja hujjati. Texnologik xarita jadval shaklida boʻlib, unda ketma-ketlikda (odatda xronologik tartibda) barcha turdagi ishlar (qabul qilingan … Читать далее