SHPINDEL

SHPINDEL (nem. urchuq) — 1) metall qirqish stanogining ish vali. Unga asbob (freza, parma, jilvir tosh va boshqalar) yoki ishlov beriladigan buyum mahkamlanadi. Shpindel tishli va tasmali uzatma orqali yoki bevosita elektr dvigatel yoki havo turbinasidan harakatga keltiriladi; 2) prokat stani vallarini aylanma harakatga keltiruvchi oraliq val. Sh. ning bir uchiga prokatlash vali (joʻva), ikkinchi … Читать далее

SHISHA QOLIPLASH MASHINASI

SHISHA QOLIPLASH MASHINASI — shisha boʻtqasi (massasi)ni har xil shaklli qoliplarga quyib (shtamplab, presslab, prokatlab, choʻzib, puflab va boshqalar usullarda) shisha buyumlar olish uchun moʻljallangan qurilma. Bunda ishlatiladigan shisha boʻtqasining qovushqoqligi 1024107 Ns/m2 (1Ns/m2=10 pauz), t-rasi 700—1000° boʻlishi lozim. Mas, shisha taxta (oyna) olish uchun shishani tik (vertikal) choʻzadigan Shisha qoliplash mashinasi ishlatiladi (rasm, 1). … Читать далее

GERBITSIDLAR

GERBITSIDLAR (lot. herba – oʻt, oʻsimlik va caedo — oʻldiraman) — begona oʻtlarni yoʻqotishda qoʻllaniladigan kimyoviy moddalar. Q. x. da dala, bogʻ va tokzorlar, oʻtloqlardagi, yoʻl yoqalaridagi begona oʻtlarga qarshi qoʻllaniladi. Gerbitsidlarning bir necha xil preparat koʻrinishlari mavjud: suvda eriydigan kukunlar (dalapon va b.), suv bilan aralashib suspenziya hosil qiluvchi kukunlar (paxton, kotoran, kotofor, prometrin, … Читать далее

RADIOIZOTOP DIAGNOSTIKA

RADIOIZOTOP DIAGNOSTIKA — radioaktiv izotoplar va nishonlangan birikmalar yordamida kasallikni aniqlash. Radioizotop diagnostikaning asosiy usuli radioaktiv indikatsiya, yaʼni organizmga yuborilgan radioaktiv moddalarni kuzatib borishdir. Koʻpgina kimyoviy elementlarning radioaktiv izotoplari oʻzidan ionlovchi nurlar chikarib turadi; izotop organizmga yuborilganidan keyin uning taratadigan nurlarini maxsus apparatlar yordamida juda aniqlik bilan qayd qilish mumkin. Zamonaviy radiologik apparatlar radioaktiv birikmalar … Читать далее

BOSISH QURILMASI

BOSISH QURILMASI — 1) hisoblash texnikasida — axborotlarni oʻrama qogʻoz (rulon), lenta yoki varaqqa raqamlar yoki harflar — raqamlar bilan avtomatik tarzda bosadigan elektrmexanik qurilma. Bunday qurilmalar jumlasiga alfavitraqamli Bosish Qurilmasi, elektr yozuv mashinkasi, telegraf apparati kiradi; 2) matbaada — bosma qolipdan matn, rasm va b. ning bir xil nusxasini olish (kitob, gaz. va jur. … Читать далее

KOTOFOR

KOTOFOR, sankap (CnH21SN5) – singib va tanlab taʼsir etuvchi gerbitsid. 80% li hoʻllanuvchi kukun holida chiqariladi. Bir yillik begona oʻtlarning (boshoqlilar va kengbarglilar) koʻpgina turlarini quritadi. Oʻsimliklarga, asosan, ildizi orqali taʼsir etadi. Mexaniq tarkibi yengil tuproq zonalarida, namgarchilik yetarli boʻlgan, kotoran ishlatilganda gʻoʻza niholi zararlanadigan shoʻrxok yerdarda Kotoforni qoʻllash maqsadga muvofiq. Preparatning taʼsir kuchi 2—3 … Читать далее

KINO QOʻYISH APPARATI

KINO QOʻYISH APPARATI, kino proyektor (kino va lot. projectio — oldinga irgʻitish) — kinoga olish apparatы bilan kinolentalarga olingan kinofilmlarni ekranga tushirish uchun moʻljallangan qurilma. U kinolentaning surilishini taʼminlaydigan tortish mexanizmi, lenta oʻraladigan va boʻshaladigan kassetalar, ekranni yoritish va tasvirni ekranga tushirish uchun yoritish-proyeksiyalash tizimi, ovoz eshittirish qurilmasi, elektr energiyasi bilan taʼminlash va apparat ishini … Читать далее

QORAKURMAK

QORAKURMAK, shamak — boshoqdoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi havol, boʻyi 100 sm cha. Bargi nashtarsimon, chetlari gʻidirish, oʻtkir qirrali, barg plastinkasi oʻrtasidan yoʻgon tomir oʻtadi. Toʻpguli — roʻvak. Pishib yetilgan boshoqlari oson toʻkiladi. Mevasi uchi oʻtkirlashgan ellipssimon doncha. Kuzda tuproqqa toʻkilib, qishlab chiqqan doni bahorda kechroq, yuqori t-rada una boshlaydi. 1 sm dan … Читать далее

DIURON

DIURON, gerbatoks, dixlor-fenidim, karmeks (C,HI0ON2C12) — singib, tanlab taʼsir etuvchi gerbitsid. Rangi oq, 80%li hoʻllanuvchan kukun. Paxtazorlarda, danakli va rezavor meva bogʻlarda, tokzorlarda bir yillik boshoqli (kurmak, itqoʻnoq) va ikki pallali begona oʻtlarga qarshi qoʻllaniladi. Bir yillik begona oʻt (olaboʻta, machin, semizoʻt, ituzum, shamak va b.)larga 1,5 — 2,5 oy davomida taʼsir koʻrsatadi. Tuproq namligi … Читать далее

DIKTOFON

DIKTOFON (lot. dicto — aytib turaman va… fon) — tovushni lenta va plastinkaga avtomatik tarzda yozib oladigan va qayta eshittiradigan apparat. Tuzilishi magnitofonga oʻxshaydi. Unda tovushni bir tezlikda yozib olib, qayta eshittirishda tezlikni mashinkada yozib ulgura oladigan darajada kamaytirish mumkin. Diktofonning ixcham (portativ) xili batareya va oʻzgaruvchan tok bilan ishlaydi, choʻntakda olib yursa boʻladi. Diktofon … Читать далее