METALLARNI ISHLASH

METALLARNI ISHLASH — metallar va qotishmalarga issiqlik (termik), mexanik, kimyoviy ishlov berishda bajariladigan ishlar majmui. Metallarni termik ishlash — metall va krtishmalarning xossacharini (ichki tuzilishini) oʻzgartirish uchun qoʻllaniladigan amallar: yumshatish, toblash, normallash, boʻshatish, yaxshilash, chiniqtirish, kimyoviytermik ishlash, passivlash. Yumshatish — metallarni maʼlum t-ragacha qizdirib, shu t-rada maʼlum vaqt tutib turgach, asta-sekin, baʼzan, pech bilan birga … Читать далее

PROMETRIN

PROMETRIN, selektin, pro-gellan, gezagard 50 (CI6HI9N5S) — tanlab taʼsir etuvchi gerbitsid, 50%li hoʻllanuvchi kukun. Bir yillik gʻallasimon va ikki pallali begona oʻtlarni yoʻqotishda qoʻllaniladi. Taʼsiri, ayniqsa, yetarli namlik va yuqori haroratda 3 oygacha davom etadi. Preparatni OVX-14 traktor agregati yordamida bahorgi boronalashdan oldin yoki urugʻlik ekilgandan soʻng, urugʻ unib chiqqunga qadar, shuningdek, ekish bilan barobar … Читать далее

MAGNITOFON

MAGNITOFON (magnit va-… fon) — tovush (nutq, musiqa) ni magnit lentaga yozib olish va qayta eshittirish uchun moʻljallangan apparat. Kasb bilan bogʻliq (professional), dispetcherlik, maishiy (roʻzgʻorda foydalaniladigan), maxsus, muqim (statsionar) va portativ (ixcham; ham batareyadan, ham elektr manbadan ishlaydigan) xillari boʻladi. Magnitofon, asosan, lenta (tasma) tortish mexanizmi; lentani teskari oʻrash mexanizmi; yozib olinadigan va kayta … Читать далее

PILTA

PILTA — 1) chiviq kabi ingichka boʻrtma bezak yoʻl. Amaliy bezak sanʼati (miskarlik, doʻppidoʻzlik va b.)da keng qoʻllanadi. Jumladan, doʻppidoʻzlikda doʻppining tepa va kizak qavilmalari, yaktak, toʻnning yoqasiga max-sus sim (piltakach)lar yordamida qogʻoz yoki paxtani piliksimon tiqib boʻrtma hosil qilinadi. Pilta doʻppiga maʼlum shakl beradi, toʻn va yaktakning yoqasini qattiq qiladi. Miskarlikda qum-gʻon, choydish va … Читать далее

POLIGONOMETRIYA

POLIGONOMETRIYA (yun. polygonos — koʻpburchakli va…metriya) — Yer sir-tidagi nuqtalarning oʻzaro vaziyatini aniqlash usullaridan biri. Serdaraxt va koʻp binoli joylarda triangulyatsiya oʻrniga qoʻllaniladi. Geodezik tayanch shoxobchalarini (q. Geodezik punkt) yasashda qoʻl keladi. Poligonometrik tarmoklar va yurishlarning anikdigi hamda navbatiga qarab, Poligonometriya triangulyatsiya talablariga javob beradigan 4 sinfga boʻlinadi. Geodezik tayanch shoxobchalari yordamida topografik syomkalardagi tayanch … Читать далее

MAGNITOGRAF

MAGNITOGRAF (magnit va… graf) — 1) Yer magnit maydonining vaqt boʻyicha oʻzgarishlari (magnit variatsiyalari)ni uzluksiz qayd qilib boradigan asbob. Magnit variometr va kayd qilgichdan iborat. Magnit variometrlarning optik-mexanik, magnitga toʻyingan, induksion, kvant, oʻta oʻtkazuvchan xillari boʻladi. Qayd qilgichlar sifatida chastota oʻlchagichlar, raqamli voltmetrlar, peroli elektr potensionmetrlar, magnitofonlar, perforatorlar va b. dan foydalaniladi. Eng oddiy Magnitograf … Читать далее

MAGNIT KALLAK

MAGNIT KALLAK — tovush (nutq, musiqa)ni magnit lentata yozib olish (oʻchirish) yoki qayta eshittirish uchun moʻljallangan qurilmaning asosiy qismi. U, asosan, oʻzak (magnit oʻtkazgich) va bir yoki bir necha chulgʻamdan iborat. Magnit kallak oʻzagida magnit lenta bilan kallakning magnit aloqasini taʼminlovchi ish oraligʻi (slyuda, bronza bilan toʻldirilgan bir necha mkm oraliq) bor. Oʻzak magnit oqimini … Читать далее

MAREOGRAF

MAREOGRAF (lot. mare va… graf) — dengiz suvi sathi oʻzgarishlarini avtomatik tarzda uzluksiz qayd qilib boradigan asbob. Muqim (statsionar) va gidrostatik xillari bor. Qalqovuchli muqim Mareografda suvning toʻlqinlanishi tufayli qalqovuchning dam balandga, dam pastga koʻtarilib-tushib turishi natijasida (mexanik oʻtkazgichlar tizimi yordamida) asbob perosi barabanga kiygizilgan diagramma lentasi sirtida siljiydi. Barabanni soat me-xanizmi harakatlantirib turadi. Pero … Читать далее

KINOTELEVIZION TEXNIKA

KINOTELEVIZION TEXNIKA — tasvirlarni suratga olish, montaj qilish va oʻzatish uchun kino va televideniye vositalaridan foydalaniladigan usullar majmui. Kino va televideniye vositalari deganda kinotexnika, televideniye va videoyozuv vositalarining uygʻunlashuvi tushuniladi. Ushbu yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi: televizion filmlarni toʻgʻridan-toʻgʻri kinoga olish; televizion tasvirlarni kineskop ekranidan yoki bevosita elektron nurli kamera yordamida yozib olish; videonazorat qurilmasi (monitor) … Читать далее

MOGILYOV

MOGILYOV — Belorussiyadagi shahar, Mogilyov viloyati markazi. Dnepr daryosi sohillarida joylashgan. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Dnepr daryosidagi pristan. Aeroport bor. Aholisi 371,4 ming kishi (1998). Mogilyov viloyat sanoat mahsulotining yarmini beradi. Muhim tarmoqlari: metallsozlik va mashinasozlik (avtomobil, qurlish materiallari sanoati uchun asbob-uskunalar ishlab chiqariladigan «Strommashina», «Elektrodvigatel», metall konstruksiyalar, lift z-dlari), kimyo («Lavsan» sintetik … Читать далее