UZLAR

UZLAR — qad. turkiy qavm. 7—8a. larda Yettisuv va Sirdaryoning oʻrta oqimlarida yashab, Turk xokonligi va Qarluqlar davlati tarkibida boʻlishgan. Ularning bir qismi gʻarbga siljib, 8-a. ning oxirida Orol dengizining jan. sharqiy hududlariga borib oʻrnashgan va oʻgʻuzlar tasarrufida boʻlib kelgan. Oʻgʻuzlarga tobe boʻlishni xohlamaganlari Orol dengizining shim. sharqiy mintaqalariga (Ili va Emba daryolari oraligʻi) borib … Читать далее

SKIFLAR PODSHOLIGI

SKIFLAR PODSHOLIGI, Skiflar davlati — Shim. Kora dengiz boʻylarida tashkil topgan koʻchmanchi qabilalarning konfederativ siyosiy uyushmasi (mil. av. 4-a. ning oʻrtasi — mil. 3-a. ning 2-yarmi). Yunonrim manbalarining xabar berishicha, Skifiya hududi 3 qismga boʻlinib, ularning har biri mustaqil qabila — podsholik boʻlib, ularning oʻz toʻdasi va harbiy qabila sardori boʻlgan. Qabila — podsholik qoshida … Читать далее

SVYATOSLAV I

SVYATOSLAV I (? 972) Kiyevning ulugʻ knyazi. Knyaz Igorning oʻgʻli. 964-y. dan boshlab Kiyevdan Oka, Volga boʻyi, Shim. Kavkaz va Bolqon ya. o. ga yurishlar qilgan; vyatichlarni xazarlar hukmronligidan ozod etgan, Volga Bulgoriyasi bilan urushgan, Xazar xoqonligini tormor keltirgan (965), 967-y. Bolgariya bilan Dunay boʻyiga egalik qilish uchun kurashgan. Vengerlar, bolgarlar va b. bilan ittifoq … Читать далее

UKRAINA KRISTALLI QALQONI

UKRAINA KRISTALLI QALQONI — Sharqiy Yevropa platformasi jan. gʻarbiy qismi fundamentining palaxsali koʻtarilishi. Dnepr daryosining oʻrta va quyi oqimi boʻylab choʻzilgan boʻlib, mayd. 200 ming km2 atrofida. Burmalangan fundament meridional chuqur yoriqlar bilan VolinPodolsk, Belaya SerkovOdessa, Kirovfad, Dnepr oldi va Azov oldi bloklariga boʻlingan. Ukraina kristalli qalqoni katarxey granitgneyslari va turli shox aldamchisi — biotitli … Читать далее

UKRAINA

UKRAINA (Ukraina) — Yevropaning jan. sharqida joylashgan davlat. Mayd. 603,7 ming km2. Aholisi 48,4 mln. kishi (2002). Poytaxti — Kiyev sh. Maʼmuriy jihatdan Qrim Muxtor Respublikasi va 24 viloyat — Vinnitsa, Volin, Dnepropetrovsk, Donesk, Jitomir, Zakarpatye, Zaporojye, IvanoFrankovsk, Kiyev, Kirovograd, Lugansk, Lvov, Nikolayev, Odessa, Poltava, Rovno, Sumi, Ternopol, Xarkov, Xerson, Xmelniskiy, Cherkassi, Chernovsi, Chernigov viloyatlari, … Читать далее

UZOQOV

UZOQOV Obloqul (1922.10.4 Samarkand viloyati Urgut sh. — 1955.26.7) — 2-jahon urushi qahramoni, gvardiyachi serjant. 16 gvardiyachi Chernigov otliq askarlar diviziyasi, 62polk, 1eskadron vzvodining boʻlim komandiri. Dnepr daryosini kechib oʻtishda (1943-y. 28 sent.) koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1944-y. 15 yanv). Urushdan soʻng xalq xoʻjaligining turli sohalarida masʼul vazifalarda ishlagan. Fargona viloyati, Dangʻara shahar … Читать далее

ChERKASSI VILOYATI

ChERKASSI VILOYATI — Ukraina tarkibidagi viloyat, 1954-y. 7 yanv. da tashkil etilgan. Mayd. 20,9 ming km2. Aholisi 1336,8 ming kishi (2004), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, belorus va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 43%. 20 maʼmuriy tumanga boʻlingan, 15 shahar, 19 shaharcha bor. Yirik shaharlari: Cherkassi, Uman, Smela, Zvenigorod, Zolotonosha, Kanev, Shpola. Markazi — … Читать далее

POLTAVA VILOYATI

POLTAVA VILOYATI — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1937-y. 22 sent. da tashkil etilgan. Chap Sohil Ukrainasining markaziy qismida joylashgan. Mayd. 28,8 ming km2. Aholisi 1723,9 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar va ruslar yashaydi. Poltava viloyatida 25 maʼmuriy tuman, 13 shahar, 23 shaharcha bor. Markazi — Poltava sh. Boshqa muhim shaharlari: Kremenchug, Lubni, Mirgorod, Piryatin, Xorol, Gadyach. … Читать далее

POLESYE PASTTEKISLIGI

POLESYE PASTTEKISLIGI, Polesye — Belorussiya, Ukraina va RFdagi pasttekislik. Sharqiy Yevropa tekisligining gʻarbiy qismida, Pripyat, Dnepr va Desna daryolarining havzasida joylashgan. Belorussiyaning jan. viloyatlarini Belorussiya Polesyesi, Ukrainaning shim. viloyatlarini Ukraina Polesyesi va RF ning bir qismini (Bryansk viloyati) — Bryansk-Jizdra Polesyesi egallagan. Umumiy mayd. 270 ming km2. Bal. 150—200 m. Iqlimi moʻtadil. Yanv. ning oʻrtacha … Читать далее

DNEPR BOʻYI PASTTEKISLIGI

DNEPR BOʻYI PASTTEKISLIGI, Dnepr pasttekisligi — Ukrainadagi pasttekislik, Dnepr daryosining chap sohilida. Bal. 50—160 m, eng baland joyi 226 m, uz. 500—600 km, eni 200 km, Lyoss, lyossimon qumoq va flyuvioglyatsial yotqizikdardan tarkib topgan, ular ustida serunum qoratuproq paydo boʻlgan. Yer yuzasi tekis, faqat Dnepr boʻyi qirlariga yaqin yerlarda soylik va jarlar bor. D. b. … Читать далее