GENRIX

GENRIX (Henri) — Fransiya kirollari. Eng mashhurlari: Genrix II (1519.31.3, Sen-JermenanLe—1559.10.7, Parij) — qirol (1547-y. dan). Valua sulolasidan. «Alangali palata»ni taʼsis etgan (1547). Genrix qoʻshinlari 1552-y. Mes, Tul, Verden («Muqaddas Rim imperiyasi»dagi yepiskopliklar)ni egallashgan. Italiya urushi (1494—1559)ga yakun yasagan, KatoKambreziya sulhini imzolagan (1559). Genrix III (1551.19.9, Fontenblo — 1589.2.8, Sen-Klu) – qirol (1574-y. dan). Valua … Читать далее

GLIPTIKA

GLIPTIKA (yun. qlypho — kesaman) — qimmatbaho, yarim qimmatbaho toshlarga naqsh yoki tasvir oʻyish sanʼati; amaliy bezak sanʼati turi. Gliptika asari gemma qadimdan muhr (egalik belgisi), tumor va taqinchoq vazifasini oʻtagan. Mil. av. 4-ming yillikda Mesopotamiya, Qad. Misr, Gʻarbiy Osiyoda vujudga kelgan, Yunoniston, Qad. Rimda yuksak taraqqiy etgan. Gemma tasvirlari (hayvon va qushlar, xudo va … Читать далее

GLAUKOFAN

GLAUKOFAN (yun. glaukos— havorang yashil va faynestay—oʻxshamoq) — mineral, ishqorli amfibol. Kimyoviy formulasi Na2Mg3Al2[Si8O22]2[OH]2. Monoklin singoniyali. Choʻziq zarralar, ustunsimon, shuʼlasimon, tolasimon agregatlar. Kulrang-koʻk, yorqin-koʻk yoki zangori-qora rangli. Shishasimon yaltiroq. Qattikdigi 6,0—6,5. Zichligi 3100 — 3300 kg/m3. Asosan metamorfik slaneslarda uchraydi. Asosiy xususiyati: past t-ra va yuqori bosimda hosil boʻladi. AQSH (Kaliforniya), Fransiya (Bretan), Italiya (Aosta … Читать далее

BRENNER

BRENNER — Estal va Sillertal Alp togʻlari (Sharqiy Alp togʻlari) oʻrtasidagi togʻ dovoni, Avstriya bilan Italiya chegarasida. Bal. 1371 m. B. orqali Inn daryosi vodiysidan Adije daryosi vodiysiga oʻtiladigan 27 tunnelli Insbruk — Bolsano t. y. (1867) va avtomobil yoʻli qurilgan. Пост Навигацияси

GUTTUZO

GUTTUZO (Guttuso) Renato (1912.2.1, Sitsiliya — 1987) — italyan rassomi va grafigi, jamoat arbobi. Rimdagi BA akad. (1960). Antifashistlar harakati ishtirokchisi, 2-jahon urushi davrida Qarshilik koʻrsatish harakatida qatnashgan. Italiya sanʼatida ijtimoiy realistik yoʻnalishni boshlab bergan; xalq hayoti va inqilobiy kurash mavzuidagi qahramonona lavhalar, zamonaviy dunyo qarama-qarshiliklari aks etgan dramatik taʼsirchan, umumlashma shakllari b-n ajralib turuvchi … Читать далее

VERGILIY

VERGILIY (Vergilius) Maron Publiy (mil. av. 70. 15. 10-19.21.9) – Rim shoiri. Rim respublikasi inqirozining guvohi boʻlgan. «Bukolikalar» («Choʻpon qoʻshiqlari»; mil. av. 42—38) va «Georgikalar» («Dehqonchilik haqida doston»; mil. av. 36—29) dostonida tinch qishloq hayoti, choʻponlarning tabiat quchogʻidagi osoyishta, farogʻatli turmushi madh etiladi. Vergiliyning mashhur «Eneida» dostoni troyalik qahramon Eneyning darbadar kezishlari va u qatnashgan … Читать далее

BAL RAQSI

BAL RAQSI — ommaviy koʻngil ochishga moʻljallangan raqs kechalari (bal)da ikki yoki undan ortiq juftliklar ijro etadigan raqs. Bal raqsi 14-a. da Italiyada yuzaga kelgan. Bal raqsining nazariy qonun-qoidalari shu yerda shakllangan, keyinchalik Fransiyada keng tarqalgan. 14 — 16-a. larda Italiya va ayniqsa Fransiyada branl, volta B. r. lari mashhur boʻldi. 17-a. dan butun Yevropa … Читать далее

BRYUSSEL SHARTNOMASI

BRYUSSEL SHARTNOMASI (1948) — Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg davlatlari tomonidan 50 yil muddatga tuzilgan pakt. B. sh. Shimoliy Atlantika pakti (NATO)ning tuzilishida tayyorgarlik bosqichi boʻldi. Keyinchalik shartnoma qatnashchilari safiga GFR va Italiya aʼzo boʻldi (1954). Bryussel shartnomasi asosida tuzilgan yangi harbiy guruh Gʻarbiy Yevropa ittifoqi deb atala boshladi. Пост Навигацияси

BUXORO VILOYATI

BUXORO VILOYATI — OʻzR tarkibidagi viloyat. 1938-y. 15 yanv. da tashkil etilgan. Buxoro viloyati xududi asosan Qizilqum choʻlida joylashgan. Jan. sharqini Zarafshon vodiysi egallagan. Shim. garbda Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shim. va sharqdan Navoiy viloyati, jan. sharqda Qashqadaryo viloyati, jan. garbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Mayd. 39,4 ming km2. Aholisi 1443 mingdan ziyod kishi (2001). … Читать далее

VINO-ARAQ SANOATI

VINO-ARAQ SANOATI — oziqovqat sanoati tarmogʻi. Bu tarmokda uzum va meva hamda rezavor mevalar vinosi, sharbati, shampan vinosi, konyak, etil spirtidan tayyorlangan oʻtkir ichimliklar, har xil araq turlari, likyor-araq mahsulotlari (likyorlar, balzamlar va b.) ishlab chiqariladi. Tokchilik va vinochilik tarixida vino Yunoniston, Finikiya va b. joylarda mil. av. 5-a. dan boshlab tayyorlangani haqida maʼlumot bor. … Читать далее