OZARBAYJON UNIVERSITETI

OZARBAYJON UNIVERSITETI, M. E. Rasulzoda nomidagi Ozarbayjon universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1919-y. Boku sh. da ochilgan. Avval Boku, 1922-y. dan Ozarbayjon un-ti. 1930-y. tibbiyot, ped., xalq xoʻjaligi va b. mustaqil oliy oʻquv yurtlariga boʻlinib ketdi. 1934-y. un-t sifatida qayta tiklandi. Mat., mexanika, fizika, kimyo, biol., geol., geogr., tarix, filol., huquq, sharqshunoslik, jurnalistika boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 13 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 1,5 mln. dan ortiq asar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x