JOʻRAYEV Xayrulla Ravshanovich

JOʻRAYEV Xayrulla Ravshanovich (1945.20.1, Zomin tumani) — kinorejissyor. Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). ToshDUning jurnalistika f-tini tugatgan (1970). Oʻzbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida rej., muharrir, bosh muharrir (1976—87). «Videofilm» markazining direktori (1988 — 89). Prezident devonida masʼul xodim (1990—92), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasining raisi (1992—93), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (1993-96), 1996-y. 1-noyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri. Qisqa metrajli: «Ahmatovlar oilasi», «Abdumannon Umarov», «Abdulla Qodiriy», «Hamid Olimjon» va b. ; toʻla metrajli: «Fuqaro», «Barcha fazilatlar senda mujassam», «Afgʻoniston, 85-yil kuzi», «Ikki million tanish chehra» (M. Qayumov bilan hamkorlikda) va b. filmlar yaratgan. «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlangan (2000).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x