OZARBAYJON TILI

OZARBAYJON TILIturkiy tillar oilasining oʻgʻuz guruhiga mansub til; asosan, Ozarbayjon Respublikasi va Eron Islom Respublikasida, qisman Armaniston, Gruziya, Turkiya, Iroq Respublikalarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 14 mln. kishidan ortiq (jumladan, Ozarbayjonda 6 mln. ga yaqin — 1979-y. maʼlumotlari). Ozarbayjon tili 4 lahja guruhiga ega: sharqiy (kuba, boku, shemahi lahjalari va mugʻan, lankaran shevalari); gʻarbiy (kazax, qorabogʻ, ganja lahjalari, ayrum shevasi); shim. (nuhin lah-jasi va zakatala-kox shevasi); jan. (na-xichevan, oʻrdubod, tavriz lahjalari, yerevan shevasi). Lahjalardagi farklar, asosan, fonetika va leksika sohalarida kuzatiladi.

Ozarbayjon tili fonetikasining boshqa turkiy tillarga nisbatan farkli jihatlari: O. t. da 9 unli, 23 undosh tovush bor; bar-cha oʻrinlarda G fonemasining keng qoʻllanishi; asli turkiy k/k, undoshlarining jaranglilanishi (qongan) va boʻgʻiz tovushiga aylanishi (qachon-pachan) soʻz boshidagi baʼzi ja-rangli undoshlarning jarangsizlanishi (balchiq—shalchig) va b. Morfo-logiyada bir qator affiksal koʻrsatkichlar oʻzaro farqlansa, sintaksisda bogʻlovchili qoʻshma gaplar tizimi ri-vojlangan. Hoz. Ozarbayjon tili leksikasining aso-siy qismini shu tilning oʻziga mansub va umumturkiy soʻzlar tashkil etadi; shuningdek, unda arab va fors tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham anchagina.

Yozuvi 1929-y. gacha arab grafikasi asosida, 1929—39 y. larda lotin grafikasi asosida, 1939—90 y. larda rus grafikasi asosida boʻlgan. 1992-y. dan yana lotin grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan. Hoz. adabiy Ozarbayjon tili (Ozarbayjon Respublikasida) 19-a. ning oʻrtalarida boku va shemahi lahjalari asosida shakllana boshlagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x