OYXONIM

OYXONIM — qad. shahar xarobasi (mil. av. 4-a. oxiri — 2-a. ning 2-yarmi) — Afgʻonistonning shim.-sharqida, Amudaryoning soʻl qirgʻogʻida, Koʻkcha daryosi quyilish yerida joylashgan. YunonBaqtriya podsholigi davrida obod boʻlgan; Aleksandriya Oksiana (P. Bernar) yoki Yevkratidiya deb atalgan. Oyxonim dagi arxeologik tadqiqotlar Afgʻonistondagi fransuz arxeologik missiyasi (D. Shlyumberje, soʻnfa P. Bernar rahbarligida) tomonidan (1964—78) olib borilgan.

Baqtriya shaharlaridan biri boʻlgan Oyxonim, ellinizm davrida, yunon kolonistlari tomonidan yunon shaharsozligi tamoyillariga asoslanib qurilgan. Oyxonim yuqori (qalʼa) va quyi (shahar), shuningdek, uning shim.-sharqiy tomonida joylashgan shahar atrofidan iborat. Oyxonimning dastlabki 2 qismi qalin mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Quyi shahar qismida saroy, ibodatxona, yoshlar taʼlimtarbiya oladigan gimnaziy yoki palestra xarobalari ochilgan; undan Germey va Gerakl shaʼniga bitilgan yunoncha maʼrifiy yozuvlar topilgan. Shahar markazida geroyon — shaharga asos solgan kishi yoki uning faxriy fuqarosining maqbarasi joylashgan. Qalʼa yaqinidan teatr, shaharning aso-siy koʻchasi, uy xarobasi topilgan. Shahar atrofidan esa maqbara, ibodatxona va turar joy qoldikdari chiqqan.

Oyxonimdan moddiy va badiiy madaniyatning turli xildagi koʻplab obidalari, tangalar, yunon epigrafikasi yodgorliklari, Geraklning bronza haykali, oʻsmir haykali, ibodatxonaga oʻrnatilgan ulkan marmar haykalning 5 pan-jali oyoq qismi, ibodatxonadan salavkiylar, yunon-baqtriya, hind-yunon va hind mis va oltin tangalari, temir buyumlar, qimmatbaho toshlar xazina-si topilgan.

Ad.: Velikiy shelkovыy put, T., 1999.

Edvard Rtveladze.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x