OYDOʻSTBIY

OYDOʻSTBIY (? – 1828) – Xiva xonligida koʻtarilgan qoraqalpoqlar qoʻzgʻo-loni rahbari, nufuzli bimlardan; qoʻngʻirot qoraqalpoklari, keyinchalik butun qoraqalpoqlap sardori. Muhammad Amin inoq, Muhammad Rahim I va Olloqulixonlarnkng yaqin mahramlaridan boʻlgan. Oydoʻstbiyga qoʻshin tutish, qoraqalpoqlar orasidagi janjalli ishlarni hal etish, soliklarni yigʻib olish huquklari berilgan. Oydoʻstbiy poytaxt — Xivaga kelganda, uni «biybobo» deb hurmat qilib, turli inʼomlar berilgan, mamlakatdagi ichki siyosat haqida xonlar u bilan maslahatlashishar edi. Biroq Olloqulixon davridagi betoʻxtov urushlar, ogʻir soliq-majburiyatlarga bardosh berolmagan qoraqalpoqlar qoʻzgʻolon koʻtargan (1827—28). Oydoʻstbiy unga raqbarlik qilgan; qoʻzgʻolon bostirilib, Oydoʻstbiy qatl etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x