QORAQALPOQ UNIVERSITETI

QORAQALPOQ UNIVERSITETI, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti — Qoraqalpogʻistondagi eng yirik olin oʻquv yurti. Ilmiy va pedagog kalrlar tayyorlaydi. 1976-y. Nukus sh. da Qoraqalpoq ped. instituti (1934-y. asos solingan) negizida tashkil etilgan. 1992-y. 26 yanv. da Verdaq nomi berilgan. Un-tda 16 f-g (mat., fizika. kimyo. iqtisodiyot, moliya. xorijiy tillar. muhandislik-qurilish, yurilik. tabiatshunoslik, musiqa va jismoniy tarbiya. tarix. filol., magistratura, sirtqi tabi-iy-iqtisod, sirtqi gumanitar, maxsus sirtqi) va bir boʻlim (juria-listika), 49 kafelra. 30 lan ortiq oʻquv va ilmiy lab. bor. Un-tla pi-leokonferensiya oʻtkazishga moʻljallangan L«yektor» tizimi oʻrnatilgan. Shuningdek. oʻquv. ilmiy. oʻqitish jarayonini texnik taʼminlash, iqtidorli talabalar bilan ishlash, xalqaro aloqalar, marketing xizmati, monitoring boʻlimlari, malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash, oʻquv-metodik, test, ilgʻor pedagogik texnologiyalar, axborot informaiion texnologiyalar va masofadan oʻqitish. mintaqaviy til oʻrganish, maʼnaviyat va maʼrifat, Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti markazlari, bahs-munozara klubi faoliyat kursatadi. Un-tda sanatoriy-profilaktoriy, «Umid» sport sogʻlomlashtirish orom-gohi, oʻquv-amaliyot bazasi, 26 kompyuter sinfi, Berdaq milliy muzeyi, arxeologiya, botanika va zool. muzeylari, madaniyat saroyi, tennis korti. sport majmuasi. amfiteatr, «Xurlimon» ansambli, teatr-studiya. biznes maktabi, 3 akademik lipey, yuridik klinika mavjud. Asosiy kutubxonasida 470 mingdan ziyod asar saqlanadi. Un-t 36 taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar. 26 ixtisoslik boʻyicha magistrlar tayyorlaydi. Un-tda 8 mutaxas-sislikboʻyicha aspirantura (1978-y. tashkil etilgan), 2 mutaxassislik boʻyicha doktorantura (1993-y. tashkil etilgan) faoliyat koʻrsatadi. 2004/2005 oʻquv yili un-tda 6875 talaba taʼlim oldi, 462 oʻqituvchi va ilmiy xodim, jumladan Oʻzbekiston FAning 3 akad., 22 fan d-ri va prof., 163 fan nomzodi va dotsent ishladi. 2000—2004-y. lar chet el grantlari asosida 147 ming AQSH dollari miqyaorida i. t. ishlari bajarildi. Un-t bir qancha xorijiy davlatlarning nufuzli un-t va in-tlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Un-t faoliyati Ch. A. Abdirov, M. K. Nur-muhamedov, K. M. Mambstov. S. K. Kamo-lov, Q. Oʻteniyozov, J. B. Bozorboyev. A. D . Davletov. T. B. Yeshchanov, H. Hamidov. A. Baxiyev. T. Izpmbetov. X. Bobojonov, A. Bekbasov. J. Matmu-ratov, J. Qutlimuratov. A. Otarov, L. B. Xvan, Yu. Paxratlinov, Q. A. Ismoilov, N. U. Uteuliyev. B. J. Matmuratov. K. Zaretdinov. Ye. Bijanov. S. Qosbergenov, Ye. D. Qoʻtiboyeva va b. profoʻqituvchilar nomi bilan bogliq. Un-t tashkil topgantan beri 2005-y. gacha 20 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi.

Un-tda «Qoraqalpoq universiteti» gaz. chiqali. Un-t uzining kichik bos-maxonasiga ega boʻlib. unda prof.oʻqituvchilarning ilmiy asar va oʻquv metodik adabiyotlari chop etiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x