OTAJALOL

OTAJALOL Nosirov (1845, Buxoro — 1928, Samarqand) — hofiz, sozanda, bastakor. Dastlabki musiqa sabokdarini onasidan olgan, keyinchalik Tillaboy xrfizdan sozandalik hamda maqom ijrochilik sirlarini oʻrgangan. 1862-y. dan Buxoro amirlari (Muzaffarxon, Abdulahadxon, Olimxon) saroylarida xonanda va sozanda boʻlib xizmat qilgan. 1920—27 y. lar Buxorodagi Sharq musiqa maktabida, 1928-yili Samarkand musiqa va xoreofafiya in-tida oʻzbek va tojik xalqlari mumtoz musika merosidan dare bergan. Shashma-qom yoʻllarini mukammal biluvchi ma-krmdon ustoz, murakkab usullar ustasi sifatida tan olingan. Xususan mushkilot kismlarini tartibga solgan, ayrim makom shoʻbalarini kengaytirgan, Segoh maqomiga savtlar bastalagan (Savti Ja-loliy). Uning ijro uslubi maqom yoʻllari usulining ravonligi, talaffuzining burroligi va ovozining katta taʼsir kuchiga ega ekanligi b-n ajralib tu-radi. 1923-y. O. J. ijrosida V. Uspenskiy Buxoro Shashmakrmining ashula va cholgʻu yoʻllarini tarixda ilk bor notaga yozib olib, 1924-y. da nashr ettirgan. Domla Halim Ibodov, Hoji Abdulaziz, Levina hofiz Boboxonov, B. Fayzullayev va b. O. J. shogirdlaridir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x