Otabek Mutalxo’jaev — Qalay-qalay

Qani ayt, yana kim seni mendayin
Ko’ra oladi, seva oladi?
Bir kunda kamida besh-olti mahal
Xavotir olib, xabar oladi?

Obbo, san-ey, olib borasan-ey,
Otni beegar olib qochasan-ey.
Nima bo’lsa ham, bo’larim bo’ldi,
Netay, menga yoqasan-ey.

Kechayu kunduz o’zim saloming man-ey,
Seni sog’indim, jonim, qalay-qalay?
Kechayu kunduz o’zim saloming man-ey,
Seni sog’indim, jonim, qalay-qalay?

Har kun ertalab seni o’ylab
Uyg’onaman, to’lg’onaman,
Bugun ko’rib qolarmikanman,
Deb xumorlanaman.

Ohu ko’zing, shirin so’zing,
Dilbar so’zing shaydosiman.
Eh, yuragim ishqqa to’ldi,
Qachon yorim bo’lasan-ey?

Kechayu kunduz o’zim saloming man-ey,
Seni sog’indim, jonim, qalay-qalay?
Kechayu kunduz o’zim saloming man-ey,
Seni sog’indim, jonim, qalay-qalay?

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x