Otabek Mutalxo’jaev — O’zga sayyoralik

Farishta misol qizcha,
Nur sochar, xayol qizcha,
Qaysi sayyoradansan,
Yulduzcha?

Samodan darakmisan,
Dilmisan, yurakmisan?
Qaysi sayyoradansan,
Ayt, qizcha? (x2)

So’zlagin, (nimadan?)
Qaydansan? (samodan)
Samolarda uchar edim,
Bulutlarni quchar edim.

So’zlagin, (nimadan?)
Qaydansan? (samodan)
Samolarda uchar edim,
Yulduzlarni quchar edim.

Meni chorlar yulduzlar,
So’nggi bor boqar ko’zlar,
Endi yulduzlar tomon
Ketaman.

Ketma yana bir fursat,
Singlim bo’l, mehr ko’rsat,
Samolarda yulduzcha
Netasan? (x2)

So’zlagin, (nimadan?)
Qaydansan? (samodan)
Samolarda uchar edim,
Bulutlarni quchar edim.

So’zlagin, (nimadan?)
Qaydansan? (samodan)
Samolarda uchar edim,
Yulduzlarni quchar edim.

So’zlaringda bir mehr bor,
Ko’zlaringda bir sehr bor,
Ko’rmagandim bundayin, hayronman,
Atrofingda parvona-yu giryona.

So’zlagin, (nimadan?)
Qaydansan? (samodan)
Samolarda uchar edim,
Bulutlarni quchar edim.

So’zlagin, (nimadan?)
Qaydansan? (samodan)
Samolarda uchar edim,
Yulduzlarni quchar edim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x