Oshqozondan qon ketganda nima qilish kerak?

MOSTBETDAN BONUS OLING

DO`STLARGA ULASHING:

Oshqozondan qon ketganda nima qilish kerak?

Oshqozondan qon ketishiga quyidagilar sabab bo‘ladi: Oshqozon yarasi, oshqozon raki, qizilo‘ngach venasining kengayishi, turli xil travmalar, biror jism yutib yuborilganda (ko‘pincha bolalarda), kuyish holatlari.

Belgilari qanday ?

Rangi oqargan, holsizlik, pulsning tushib ketishi, ko‘p terlash, hushdan ketish. Eng asosiy belgisi bemor ko‘p marotaba kofe rangidagi quyqasimon massani qayt qilaveradi.

Agar shunday holatga guvoh bo‘lsangiz darhol bemorni gorizontal ya’ni osmonga qaragan holatda yotqizing. Suyuqlik yoki ovqat umuman mumkin emas. Imkoni bo‘lsa qorniga muz qo‘ying. Darhol tez yordam chaqiring yoki o‘zingiz shifoxonaga olib borish harakatini ko‘ring. Qanchalik tez harakat qilsangiz bemor hayotini saqlab qolish shuncha osonlashadi. Afsuski ko‘pchilik mana shu bosqichda kechikishadi.

Qon oqish vaqt o‘tgan sari tezlashib ketaveradi, chunki oshqozon qon tomirlarga juda boy, shuningdek bosim ham yuqori bo‘ladi. Bunday holatda davo faqatgina operatsiya yo‘li bilan o‘sha qon tomirni topish va chok qo‘yish ya’ni tikish. Shuning uchun o‘zingizcha har xil muolaja qilib uyda olib o‘tirmang, foydasi yo‘q. Bemor shifoxonaga borguncha o‘zini zo‘riqtirmasligi, gap-so‘zlardan tiyilishi, osmonga qarab yotishi, iloji boricha xotirjamlikni saqlashi kerak. Chunki qanchalik hayajonlansa qon tomir torayadi va qon ketish shuncha ko‘payadi.

MOSTBETDAN BONUS OLING

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x