OQSOQOTASOY

OQSOQOTASOYToshkent viloyatidagi soy. Chirchiqning yirik chap irmogʻi. Chatqol togʻ tizmasining jan.gʻarbidan boshlanib, Barraj yaqinida Chirchiqqa quyiladi. Uz. 48 km, havzasining mayd. 453 km2. Suv yigʻilish maydonining oʻrtacha bal. 1840 m. Yuqori qismida tor, chuqur vodiydan oqadi. Chirchiq vodiysi tekisligiga chiqiladigan quyi qismida esa daryo vodiysi kengayadi. Eng yirik irmoqlari: Bel-dorsoy va Nurakotasoy. Qor-yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Toʻlin suv davri apr. —iyunda, eng katta suv sarfi esa may oyida kuzatiladi. Iyul — okt. da suvi kamayadi. Oʻrtacha oqim moduli 14l/ sek. km2. Eng koʻp suv sarfi 72,1 m3/sek., eng kam suv sarfi 1,1 m3/sek.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x