JELAK

JELAK — xotin-qizlar boshiga tashlab yuradigan yopinchiq; bichimi erkaklar toʻnining kichik hajmdagi shaklida. Faqat boʻyin oʻmiziga toʻgʻri burchakli uzun yoqa qoʻshilgan, ayrimlarida yoqa oʻrniga tuva (10×20 sm) qoʻyilgan. Jelakning uzunligi 115—120 sm, tana va yeng qismi oʻta tor qilib bichilgan, yenglari odatdagidan uzunroq boʻlib, paranjiniki kabi orqa tomonda birlashtirilib etakkacha tushib turgan. Jelakning avrasi baʼzan quroq usulida mato parchalaridan ulab tikilgan; yoqa (tuva)si yorqin rangli iplarda kashta b-n sidirgʻa qoplab, yoqa, yenglari hoshiya naqsh (romb, uchburchak, xochsimon va b. shaklli), yoqadan orqa tomonga, yenglarga shoxcha («hayot daraxti») shakli kashta b-n tikilib, turli xil pulakcha, piston, tugma, noziklar bilan bezatilgan, shuningdek, enli jiyaklar (asosan qoʻltiq osti va yeng uchlariga) tikilgan. Jiyaklar oxiri popuklar bilan tugallangan. Samarqand, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Qoraqalpogʻistonda keng tarqalgan Jelak maxalliy xususiyatlar asosida turlicha bezatilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x