Oqqovoq GESlari


Post Views:
66

OQQOVOQ GESLARI – O‘zbekistonda qurilgan dastlabki gidroelektr stantsiyalari. Bo‘zsuv kanalida qurilgan. 1-GES 1941 yil noyabrda qurila boshlab, 10,7 ming kVt quvvatga ega bo‘lgan 1-navbati 1943 yil 7 martda ishga tushirilgan. 2,61 ming kVt quvvatli 2-navbati 1946 yil iyulda qurila boshlanib, 1951 yil iyulda tugallangan. GESda yiliga o‘rta hisobda 170 mln. kVt-s elektr energiyasi hosil qilinadi. «O‘zbekenergiya» davlat aktsiyadorlik kompaniyasining «Chirchiq GESlar kaskadi» shu’ba korxonasi tarkibida. 2-GES 4 km quyiroqda, 1943-46 yillarda qurilgan. GES tuproq-to‘g‘on, uzunligi 2833 m bo‘lgan ochiq derivatsiya kanali, bosim havzasi, stantsiya binosi va ochiq elektr taqsimlash qurilmasidan iborat. Stantsiya binosida umumiy quvvati 9 ming kVtli 2 ta agregat o‘rnatilgan. GESda yiliga o‘rtacha 65 mln. kVt-s elektr energiyasi hosil qilinadi, «Qodiriya GESlar kaskadi» shu’ba korxonasi tarkibiga kiradi.

Elektr stantsiyalar Toshkent viloyatining yirik sanoat korxonalarini va aholini elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/oqqovoq-geslari-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x