OQCHITIR

OQCHITIR, qargʻatirnoq (Euclidium syriacum) — butguldoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi asosidan tarvaqaylagan, sershox, qat-tiq tuklar b-n qoplangan, boʻyi 10 — 30 sm. Barglari bandli, choʻzinchoq, ket-ma-ket joylashgan, chetlari siyrak tishli, tukli. Gullari oq yoki oqish-sariq, bandsiz, poya uchida shoda toʻpgul hosil qiladi. Mevabandi yoʻgʻon, me-vasi — qoʻzoq. Ildizi oʻq ildiz. May — iyulda gullaydi va mevalaydi. Bir tupi 3 mingdan ortiq urugʻ tugʻadi. Urugʻidan koʻpayadi. Urugʻlari 4—18° haroratda koʻkaradi. Mart — mayda, shuningdek, avg. — okt. da nihol beradi. Oʻrta Osi-yoda tarqalgan. Beda, su-gʻoriladigan va lalmi don ekinlari orasida uchraydi.

Kurash choralari: gullagunga-cha oʻtoq qilinadi, pichanga ekilgan beda erta muddatlarda, begona oʻt mevalari yetilgun-cha oʻriladi; gʻalla ekinlariga 2,4=D tipidagi gerbitsidlar purkaladi va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x