OQBESHIM

OQBESHIMshahar xarobasi. Qir-gʻizistondagi Chu vodiysida, Toʻqmoq sh. dan 12 km jan.-gʻarbda joylashgan. 1894-y. V. V. Bartold tomonidan ochilgan. U 10—12-a. lardagi Qoraxoniylar davlatining poytaxti Bolasogʻun O. oʻrnida boʻlgan deb taxmin etgan. Oqbeshim shahriston, ark, mustahkamlangan rabod va viloyatni koʻchmanchilar hujumidan mu-dofaa etish maqsadida qurilgan. «Uzun devor» dan tarkib topgan. Shahar maj-muasiga Kichik Oqbeshim (shahar xarobasidan shim.-gʻarbda joylashgan qalʼa) ham kirgan. 1938—40 y. larda Oqbeshimni A. N. Bernshtam tadqiq etib qisman qazish-ma ishlarini olib borgan. 1953—54 y. larda L. R. Kizlasov shahristonning madaniy qatlamida (5—10-a. lar) 4 qurilish davrini aniklagan. Oqbeshim rabo-dida 6—8-a. larga oid yodgorliklar oʻrganilgan. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Oqbeshim dagi shahar hayoti 10-a. ga kelib barham topdi, shuning uchun Bolasogʻun bilan aynan deb hisoblash nooʻrin boʻlib chikdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x