FINVAL

FINVAL, seldsimon kit (Balaenoptera physalus) — tisheiz kitlar kenja turkumiga mansub sut emizuvchi. Arktikadan Antarktikagacha boʻlgan joylarda tarqalgan. Uzoq Sharq dengizlarida, kamdankam Barens va Oq dengizlarda uchraydi. Urgʻochisi gavdasining uz. 19—20 m (baʼzan 27,3 m, odatda, erkaklari urgʻochisidan 1 m gacha kalta). Usti toʻq kulrang, korni oq, boshining oʻng qismi chapiga nisbatan oqishroq. Moʻylov plastinkalari (har qatorda 360 ga yaqin) kulrangkoʻk. Bolasining uz. 6—7 m. F. qisqichbaqasimonlar, baliqlar, boshoyoqli mollyuskalar bilan oziklanadi. Soni kamayib ketganligi sababli ovlash taqiqlanadi. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x