ONIKS

ONIKS (yun. onux — tirnoq) , tasmasimon aqiq — mineral, aqiqtj oq va qora qatlamlari almashinib joylashgan yoʻlyoʻl turi. Koʻpincha qora tusli xalsedonni Oniks deb ataydilar. Oniks bezak tosh sifatida meʼmoriy inshootlar qurilishida, shuningdek, zargarlikda ishlatiladi. Oniksdan boʻrtma tas-virli buyum (kameya)lar tayyorlashda foydalaniladi, bunda qora qatlamlar fon uchun, oq qatlamlar esa tasvir uchun foydalaniladi.

OʻNIL (OʻNeill) Yujin Gladstoun (1888.16.10, Nyu-York – 1953.27.11, Boston) — amerika dramaturgi. Adabiy faoliyatini 1912-y. sheʼrlar yozish bilan boshlagan. 1914-y. da «Tashnalik» va b. bir pardali pyesalar toʻplami chop etilgan. 1916-y. da «Kardiffdan Sharq tomonga» pyesasi sahnalash-tirilgan. Realizm va ekspressivlik, ramz va mubolagʻa uygʻunlashib ketgan pyesalarida inson turmushining ziddiyatli tomonlari tasvirlangan. OʻN. asarlarining asosiy mavzulari: ezgu orzu-umidlarning kundalik, turmush tashvishlari bilan fojiali darajada mos kelmasligi («Ufq ortida», 1920); boylik toʻplashga intilishda va unga erishish yoʻlida odamiylik xislatlarining yoʻqola borishi («Shoir qalbi», 1957); irqiy ziddiyatlar («Xudoning barcha bandasida qanot bor», 1924); avlodlar urtasidagi fojiali nizolar («Uzun kun tunga ulanadi», 1956); shaxening insoniylik mohiyatidan uzoklashuvi («Boyroq qasrlar», 1939) va b. Monumental afsonaviy va majoziy tragediyalari bor («Motam — Elektraning qismati», 1931; «Muz tashuvchi yaqin kelmokda», 1946). Nobel mukofoti laureati (1936).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x