NAVOIY-UCHQUDUQ AVTOMAGISTRALI

NAVOIY-UCHQUDUQ AVTOMAGISTRALIOʻzbekiston Respublikasidagi xalqaro ahamiyatli yoʻl. 1968— 75 y. da qurilgan. Zarafshon vohasida qishloq xoʻjaligi (asosan, chorvachilik, qorakoʻlchilik) va sanoatni rivojlantirish — uzoq yaylovlarga yem-xashak tashish, qazilma boyliklarga boy boʻlgan konlardan qazib olinayotgan xom ashyoni Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qayta ishlash uchun toʻxtovsiz tashib keltirish va b. maqsadlarda bunyod etilgan. Yoʻl Navoiy va Buxoro viloyatlari hududidan oʻtgan boʻlib, Uchquduq va Zarafshon shaharlarini Navoiy, Buxoro, Samarqand, Toshkent va b. shaharlar bilan uzviy bogʻlaydi.

Yevropa—Osiyo transkontinental avtomagistrali qurilishi bilan istiqbolda yoʻlning Uchquduqdan Qozogʻiston chegarasidagi Koʻkayozgacha boʻlgan 190 km uzunlikdagi qismi taʼmirlanib, qayta quriladi va Koʻkayozdan Qiziloʻrda sh. gacha boʻlgan avtomobil yoʻli qurilishi tugallangach, yoʻl Qiziloʻrda sh. da ChimkentSamara avtomagistraliga koʻshiladi.

Yoʻlning umumiy uz. 291 km. Shundan 111 km asfalbeton, 180 km qora qoplamali. Yoʻldagi transport harakatining qatnov jadalligi Navoiyda sutkasiga 6530, Zarafshonda 2627, Uchquduqda 485 avtomobilga teng (2003).

Tohirjon Mirzayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x