Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
Eshigim ustiga: “Ikkiyuzlamachiligingni tashqarida qoldirib, keyin kir” deb yozib qoʻygandim. Oʻshandan beri birorta odam uyimga kelmadi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Shunday gaplar borki, hech narsani ifoda qilmaydi. Shunday sukutlar borki, koʻp maʼnolarni ifoda qiladi.
Najib Mahfuz
*****
Agar qoʻrquvni yengmoqchi boʻlsang, uyingda oʻtirib olib, qoʻrquvni oʻylab oʻtirma. Balki tashqariga chiq va oʻzingni biror foydali yumush bilan mashgʻul qil!
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Hayotimdagi eng katta magʻlubiyatlardan biri koʻz nurim zaiflashgandan keyin oʻqish neʼmatidan mahrum boʻlib borishimdir.
Najib Mahfuz
*****
Ochlik paytida nonning yangi-eskisi boʻlmaydi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Boshqalardan rostgoʻylikni talab qilishdan oldin farzandlarimizga rostgoʻylikni oʻrgatishimiz kerak.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Ayrimlar aql va qalbning boʻshligidan koʻra hamyon, oshqozon va telefon ekranidigai batareyaning boʻshligidan koʻproq nojam boʻlishadi.
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/ochlik-paytida-nonning-yangi-eskisi-bolmaydi/