HOMILADORLIK PAYTIDA ANEMIYA

HOMILADORLIK PAYTIDA ANEMIYA
Homilador ayollarning deyarli 30 foizi anemiyani boshidan kechiradi. Vaqtida davolanmagan anemiya homilaga ham, homilador ayolga ham salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Anemiyaning bir necha turi mavjud bo’lib, homiladorlik davrida asosan temir moddasi yetishmovchiligi anemiyasi yuzaga keladi.
❓Homilador ayolda anemiya borligini qanday bilsa bo’ladi?
Odatda homilador ayol ginekolog nazoratida bo’lganida, bir necha bor qon analizlarini topshiradi. Shunda uning qonidagi gemoglobin darajasi ham aniqlanadi. Gemoglobin darajasi pasayib ketgan bo’lsa, onada anemiya rivojlanayotgani aniqlanadi. Agar homilador ayol egizaklarni ko’tarayotgan bo’lsa, u holda homiladorlik davomida gemoglobin tez-tez tekshirilib turadi.
Odatda, normal homiladorlikda qondagi gemoglobin darajasi o’zgarib turadi. Agar homiladorlikning boshida u kerakli darajada bo’lsa, uchinchi trimestrga kelib pasayishi namoyon bo’ladi.
Agar anemiya rivojlanayotgani aniqlansa, u holda ginekolog qo’shimcha temir moddasini vitamin shaklida qabul qilishni tavsiya etishi mumkin.
❓Temir moddasi yetishmovchiligi tufayli anemiya kimda yuzaga keladi?
♻️Temir moddasiga boy mahsulotlar (qizil go’sht, o’rik, uzum, banan, mayiz va hokazolar)ni kam iste’mol qiluvchilarda;
♻️Homilador bo’lishdan oldin ko’p qon ketadigan hayz ko’radigan ayollarda;
♻️Egizaklarni ko’tarayotgan homilador ayollarda;
♻️Yoshi 20dan kam bo’lgan ayollarda.
❓Anemiyaning alomatlari qanday bo’lishi mumkin?
🔺Kuchsizlanish va holsizlik;
🔺Tez charchash;
🔺Yurakning tez urishi;
🔺Ba’zi homilador ayollar bosh og’riq, bosh aylanish, quloq shang’illashini ham sezishi mumkin.
Bu alomatlarni homiladorlikning ilk trimestrida yuzaga keladigan toksikoz va holsizlik bilan adashtirmaslik lozim.
❓Organizmni temir moddasi bilan boyitish uchun nima qilsa bo’ladi?
Temir moddasini yetishmovchiligini qoplash uchun eng yaxshi yo’l, kerakli mahsulotlarni muntazam ravishda yeyish.
Temir moddasiga boy ikki xil mahsulot mavjud:
1⃣ Qizil go’sht, baliq va parranda go’shti tarkibidagi temir modda bo’lib, u organizm tomonidan oson qabul qilinadi.
2⃣ Quritilgan meva, boyitilgan quymoqlar, butun bug’doydan pishirilgan non mahsulotlari, to’q yashil rang ko’katlar tarkibidagi temir modda bo’lib, uning organizmga singishi biroz qiyin bo’ladi.
Odatda vitamin C temir moddasini organizm tomonidan qabul qilinishiga yordam beradi. Shuning uchun 2 guruhdagi temir moddasiga boy mahsulotlarni 1 stakan apelsin sharbati bilan qabul qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
5 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x