OʻZBEKISTON PEDAGOGIKA AKADEMIYASI

OʻZBEKISTON PEDAGOGIKA AKADEMIYASIishchilar ftlari, texnikumlar uchun umumiy fanlardan dars beradigan pedagog kadrlar tayyorlagan oliy oʻquv yurti. 1929/30 oʻquv yili Samarqanddagi Oʻzbekiston oliy ped. instituti negizida tashkil etilgan. I. t. ishlari va oliy maktablar uchun kadrlar tayyorlashni rivojlantirish maqsadida 1931 yil yanv. da akademiya huzurida aspirantura ochilgan. 1933-yil 173 oʻqituvchi, jumladan, 15 prof., 40 dotsent, 70 assistent ishlagan. Bular orasida ʼ. L. Vyatkin, P. Soliyev, Fitrat, Otajon Hoshim kabi mashhur prof. lar boʻlgan. I. M. Moʻminov, A. M. Bahovuddinov, S. Umarov, A. Toʻlaganov kabi olimlar, Oydin, Amin Umariy, Uygʻun, Hamid Olimjon kabi yozuvchilar shu akademiyada taʼlim olgan. Oʻzbekiston pedagogika akademiyasi asosida 1933-yil Oʻzbekiston davlat un-ti (OʻzDU) tashkil etildi (q. Samarqand universiteti).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x