OʻZBEKISTON BADIIY IJODKORLAR UYUSHMASI — respublikadagi rassom, haykaltarosh, amaliy bezak sanʼati ustalari va sanʼatshunoslarni uyushtirgan ijodiy jamoat tashkiloti. 1932-yilda Oʻzbekiston rassomlar uyushmasi nomi bilan tashkil etilgan; 1997-yildan hoz. nomda. Uyushmaning asosiy vazifalari: milliy tasviriy sanʼatning tarixiy qadriyatlarga asoslangan oʻziga xos anʼanalarini, koʻrgazmalar tashkil etishni rivojlantirish, yuksak saviyadagi badiiy asarlar yaratilishi uchun shartsharoitlar yaratish. Uyushmaga oʻz isteʼdodini namoyish etgan rassomlar, haykaltaroshlar, amaliy bezak sanʼati ustalari, tasviriy sanʼatga doir ishlari bilan koʻzga koʻringan sanʼatshunoslar aʼzolikka qabul qilinadi. Aʼzolarining gʻoyaviy-siyosiy va professional saviyasini oshirish, ular ijodini ommalashtirish (yigʻilishlar, ilmiy anjumanlar oʻtkazish, koʻrgazmalar uyushtirish va boshqalar)ga oid ishlar olib boradi, ijodiy faoliyatini uyushtiradi va moddiy taʼminlaydi. Oliy rahbar organi — Syezd, syezdlararo davrda — Boshqaruv. Uyushmada 1256 aʼzo bor, 14 ta shoʻba (rang-tasvir, mahobatli rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, xalq amaliy sanʼati, amaliy bezak sanʼati, plakat, bezash sanʼati, miniatyura, sanʼatshunoslik, televideniye, kino va teatr rassomligi, dizayn, badiiy foto, yosh rassom va sanʼatshunoslar hamda faxriy ijodkorlar kengashi) ishlab turibdi (2005). Uyushmaga turli yillarda Uzbekiston xalq rassomlari I. Ikromov, R. Axmedov, J. Umarbekov, B. Jalolovlar rahbarlik qilganlar. 1997-yildan uyushma boshqaruvi raisi Tursunali Qoʻziyev.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии