OʻZBEK DIVIZIYALARI

OʻZBEK DIVIZIYALARI — 2-jahon urushi davrida Oʻzbekistonda tuzilgan milliy harbiy qoʻshilmalar. Davlat mudofaa qoʻmitasi 1941 yil 16iyulda «Mudofaa xalq komissarligi va Harbiy-dengiz floti tizimida zahiralar tayyorlash toʻgʻrisida» qaror qabul qilgan. Shunga binoan, Oʻzbekiston KP (b) MK ning 5-plenumida milliy oʻzbek harbiy qoʻshilmalarini tuzish haqidagi masala maxsus koʻrib chiqilgan va tegishli tadbirlar belgilangan. 1941-yil oxiri — 1942-yil martigacha bir necha oʻqchi va otliq askarlar diviziyalari tashkil etilgan. Bu diviziyalar uchun qisqa muddat ichida komandirlar, siyosiy xodimlar, meditsina xodimlari, mexaniklar, sapyorlar va boshqalar toʻplangan. Oʻzbek diviziyalari, asosan, front uchun belgilangan ishlab chiqarish rejasidan oshiqcha tayyorlanayotgan qurol-yarogʻ va asbob anjomlar bilan taʼminlangan. Kiyim-kechaklar-ni korxonalar, kzlar, turli artellar tayyorlab bergan. Yangidan tuzilgan Oʻzbek diviziyalari Mudofaa xalq komissarligi ixtiyoriga oʻtkazilgan. Oʻzbek diviziyalari turli frontlarda jasorat koʻrsatgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x