OʻYINLAR NAZARIYASI

OʻYINLAR NAZARIYASI — matematikaning noaniqlik mavjud boʻlgan vaziyatlarda optimal qaror qabul qilish masalalari oʻrganadigan boʻlimi. Bunday masalalarning matematik modellari oʻyin deb ataladi. Oʻyinda bir yoki ikki oʻyinchi ishtirok etishi mumkin.

Oʻyinda ishtirok etuvchi bir oʻyinchi qabul qiladigan qaror bir bosqichli yoki koʻp bosqichli boʻlishi mumkin. Uning harakatini butun oʻyin davomida toʻla belgilab beruvchi qoidalar strategiya deyiladi. Strategiyalar toʻplami oʻyinchining imkoniyatlari koʻpligini, oʻyinning murakkabligini aks ettiradi. Strategiyalarning maqsadga muvofiqlik darajasini aniqpash uchun oʻyinda toʻlov funksiyasi berilgan boʻlishi kerak. Oddiy optimallashtirish masalalarida faqat bir oʻyinchi ishtirok etib, toʻlov funksiyasi /(x) koʻrinishida boʻlsa, oʻyinda toʻlov funksiyasining qiymati oʻyinchiga bogʻliq boʻlmagan omillar — boshqa oʻyinchilar strategiyalari, noaniq (hatto ehtimollar taqsimoti ham nomaʼlum) miqdorlarga ham bogʻliq boʻladi.

Ikki oʻyinchi (tomon) ishtirok etgan antagonistik oʻyinlarni oʻyinchining strategiyalari toʻplami X, 2oʻyinchining strategiyalari toʻplami U, tanlangan strategiyalarga binoan hisoblanadigan K (x, u) toʻlov funksiyasidan tashkil topuvchi normal shaklga keltirish mumkin. Bunda oʻyin oxirida (aniqrogʻi, oʻyinchilar x va u strategiyalar qoʻllagan partiya oxirida) 1oʻyinchi K (x, u) miqdorcha yutadi. Shaxmat, shashka, domino kabi yoyiq formadagi pozitsion oʻyinlarni normal formaga keltirish mumkin. Normal formadagi oʻyin yechimi deb (Kx,u0)shaxmat) da optimal strategiyalar mavjud (E. Sermelo teoremasi). Lekin tatbiqiy ahamiyatga ega oʻyinlarda optimal strategiyalar deyarli mavjud boʻlmaydi.

Agar oʻyin koʻp marta takrorlansa, aralash strategiya tushunchasini kiritish maqsadga muvofiq. Tatbiqlarda uchraydigan barcha oʻyinlarda, jumladan, chekli oʻyinlarda strategiya mavjudligi isbotlangan. Oʻyinlar nazariyasi iqtisod, harbiy ish, biol., boshqarish nazariyasi, savdo sohalarida muhim tatbiqlarga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x