OʻTLOQI-BOTQOQI TUPROQLAR

OʻTLOQI-BOTQOQI TUPROQLARgrunt suvlar chuq. 1 m gacha boʻlgan sharoitda rivojlanadigan tuproq tipi. U. b. t. yaxshi strukturali, chirindiga boy chim qatlamli oʻtloqi tuproqlar hamda botqoqi tuproqlar gleylanish belgilariga ega. Oʻtloqi-botqoqi tuproqlar boʻz tuproq va choʻl zonasidagi daryo quyi terrasalari hamda delta qismi allyuvial yotqiziqlari ustida shakllanadi. Prolyuvial yotqiziqlardagi oʻtloqi tuproqlarning ayrim pastqamliklarini egallagan. Sugʻorma dehqonchilik zonalaridagi Oʻtloqi-botqoqi tuproqlar qisman oʻzlashtirilib sholi, quritilganidan keyin esa boshqa ekinlar ekiladi. Oʻtloqi-botqoqi tuproqlarning juda namligi, chirindiga boyligi tufayli ekinlar gʻovlab ketadi, natijada hosil yetilishi kechikadi. Oʻtloqi-botqoqi tuproqlar unumdorligini oshirish uchun ularni quritish, haydalma qatlam chuqurligini gleyli qatlam hisobiga asta-sekin oshirish, sifatli ishlov berish lozim. Shoʻrlangan Oʻtloqi-botqoqi tuproqlar nI katta normada yuvish talab qilinadi (q. Yer shoʻrini yuvish).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x