OʻTLOQCHILIK

OʻTLOQCHILIK — pichanzor va yaylov xoʻjalagini yuritish tizimi; q. x. ning bir tarmogʻi. Oʻtloqchilik tabiiy, ekma yaylov va pichanzorlarda pichan, koʻk ozuqa va boshqalar yemxashaklar yetishtirish, yemxashakni faqat oʻtzorlardagina emas, balki botqoq, choʻl, dasht va boshqalar joylarda ham yetishtirish hamda jamoat chorvachiligi uchun mustahkam ozuqa bazasini yaratish bilan shugʻullanadi. Oʻtloqchilikning asosiy vazifalaridan biri — tabiiy pichanzor va yaylovlarni yaxshilash hamda hosildor pichanzor va yaylovlar barpo qilish, shuningdek, ulardan samarali foydalanish. Tashkiliyxoʻjalik tomonidan Oʻtloqchilik dalachilik va chorvachilik bilan uzviy bogʻliq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x