OʻSh

OʻShQirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining shahar, viloyat markazi. Qirgʻizistonda Bishkek shahridan keyin 2sanoat markazi. Oqbura daryosi Olay tizmasidan Fargʻona vodiysiga oqib chiqadigan joyda. T. y. stansiyasi. Bishkek, Xorugʻ, Andijon, Qizilqiya shahri lari oʻrtasidagi avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aholisi 208,5 ming kishi (1999). Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, mil. av. 4—3-asrlarda vujudga kelgan. 9 — 10-asrlarda Oʻsh Somoniylar davlati tarkibida boʻlib, kattaligi jihatidan Fargʻona vodiysida 3shahar hisoblangan. Bu davrda shahar shahriston, ark, rabotdan iborat boʻlgan. Hokim saroyi va devonxona ark ichida joylashgan. Oʻsh atrofi baland qalʼa devori bilan oʻralib, uning chekkasi Sulaymon togʻigacha yetgan. Shaharning 3 ta darvozasi boʻlgan: Koʻh, Ob, Mugʻkada. Jome masjidi bozor hududida joylashgan. Oʻ orqali Movarounnahrdan Xitoy va Hindistonga savdo yoʻli oʻtgan. 10 — 12-asrlarda Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan. 13-asrda moʻgʻullar istilosi natijasida xarobaga aylangan va 14-asrga kelib Amir Temur tomonidan qayta tiklandi. Oʻsh toʻgʻrisida «Boburnoma» kitobida ham maʼlumotlar berilgan. 18-asr da Oʻsh Qoʻqon xonligi tarkibida boʻldi va ilgarigidek muhim savdo markazi boʻlib qoldi. 1876 yil xonlik barham topgach, Rossiyaning Oʻrta Osiyo mustamlakasi tarkibida boʻlib keldi.

Shaharda viloyat sanoat mahsulotining 1/3 qismi ishlab chiqariladi. Yetakchi sanoat tarmogʻi — yengil sanoat. Oʻrta Osiyoda eng yirik toʻqimachilik ktlaridan biri, ipakchilik kti, paxta tozalash z-di, tikuvchilik, poyabzal f-kasi bor. Oziqovqat sanoati tarmoqlari rivojlangan (non mahsulotlari, goʻshtkonserva, sut, mevasabzavot, meva vinosi ktlari, araq z-di bor). Mashinasozlik va metallsozlik sanoati (nasos, avtomobil taʼmirlash) korxonalari ishlab turibdi. Qurilish materiallari kti, asfaltbeton, temirbeton buyumlari, gʻisht zdlari, mebel f-kasi bor. Issiqlik elektr markazi faoliyat koʻrsatadi. Aeroport, turistik baza ishlab turibdi. Oʻshda pedagogika inti, telemarkaz, oʻzbek akademik drama teatri, tarixmadaniyat muzeyqoʻriqxonasi mavjud. Oʻsh — Bishkek, Oʻsh — Xorugʻ avtomagistrallari qurilgan. Shahar hududida 30 ga yaqin tarix va madaniyat yodgorliklari joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklardan: Yusuf Boyxoʻja oʻgʻli masjidi (20-asr boshlari), Asaf ibn Burxiya maqbarasi (17 — 18 a. lar) va boshqalar saqlanib qolgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x