FERMI

FERMI (Fermi) Enriko (1901.29.9, Rim — 1954.28.11, Chikago) — italyan fizigi. Milliy akademiya aʼzosi (1935). Piza un-tini tugatgan (1922). Gyottingen, Leyden, Rim, Florentiy un-tlarida ishlagan. Rim un-ti prof. (192638), AQSHga koʻchib oʻtgan (1938), Kolumbiya un-ti prof. (193942), Chikago un-ti prof. (1942—45). LosAlamos lab. boʻlim boshligi (1944— 45), Chikago yadro tadqiqotlari intida prof. (1946-y. dan). Ilmiy ishlari atom va yadro fizikasi, statistik mexanika, kosmik nurlar, yuqori energiyalar fizikasi, astrofizika va texnik fizikaga oid. Fermi yadro fizikasi, neytron fizikasi, kvant statistikasi, metallar fizikasi va b. yaratuvchilaridan biri; yadro energiyasini oʻzlashtirish amerika dasturi ishtirokchisi, Italiya va AQSHda ilmiy maktab yaratgan. Nazariy va eksperimental fizikaning rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. Pauli prinsipiga boʻysunuvchi zarralar statistikasini ishlab chiqqan (1925, q. FermiDirak statistikasi), Remirilishning miqdoriy teoremasini yaratgan (1934), neytronlar tufayli sunʼiy radioaktivlikni va moddada neytronlarning sekinlashish hodisasini kashf etgan (1934). Nobel mukofoti laureati (1938).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x