OʻTA CHUQUR BURGʻILASH

OʻTA CHUQUR BURGʻILASH — katta chuqurlikdagi foydali qazilma konlarini izlash, yer qaʼridagi togʻ jinslarining geologikfizik parametrlarini, mineral xom ashyoning hosil boʻlish va joylanish qonuniyatlarini oʻrganish maqsadida Yer qaʼrining oʻta chuqur qismida olib boriladigan burgʻilash jarayoni. Dunyo boʻyicha eng chuqur quduq Kola ya. o. da 12066 m chuqurlikda qazilgan (1984). AQSHda qazilgan oʻta chuqur quduq 9583 m boʻlgan (1974). 20-asrning 60-y. laridan boshlab chuq. 6000 m dan ortiq quduqlar, oʻta chuqur quduqlar sirasiga kiritila boshladi. D. I. Shcherbakov Oʻ. ch. b. asoschilaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonda eng chuqur quduq (Mingbuloq konida) 6330 m, Qozogʻistonda (Orolsor qudugʻi) 8000 m qazilgan (q. Burgʻilash),

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x