FORSUNKA

FORSUNKA (ing. force — bosim bilan xaydash) — suyuq yonilgilarni zarralar tarzida purkash uchun moʻljallangan qurilma. Yonilgʻilar bosim ostida yoki siqilgan gaz, bugʻ taʼsirida purkaladi. Yonilgʻi F. dan uzluksiz (oʻchoqlar, gaz turbinali va reaktiv dvigatellar, kavsharlash lampalari va b. da) yoki qisqaqisqa vaqt oralatib (dizellar va b. da) purkalishi mumkin. Forsunkaning markazdan qochma, uyurmali, aylanma toʻzitgichli, oqma, shtiftli, gaz purkaydigan va b. turlari bor. F. larda berilayotgan yonilgʻi mikdorini oʻzgartiradigan klapani (mas; nina) boʻladi. Klapanni qoʻlda, berilayotgan suyuklik taʼsirida yoki avtomatik kurilmalar yordamida boshkariladi. Gazsimon yoki changeimon yonilgʻini purkash uchun moʻljallangan Forsunkaga oʻxshash kurilma gorelka deb ataladi. Forsunkalar isitish krzonlari, pech agregati, gaz turbinalari, reaktiv dvigatellar, ichki yonuv dvigatellarida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x