OʻROZBOYEV Muhammad Toshevich

OʻROZBOYEV Muhammad Toshevich (1906.20.5, Qoʻqon 1971.9.5, Toshkent) — mexanik olim. Oʻzbekiston FA akad. (1956), Oʻzbekistonda xizmat qoʻrsatgan fan va texnika arbobi (1960). texnika fanlari d-ri (1947), prof. (1938), Oʻrta Osiyo un-tining ishchi f-tini (1928), Moskva oliy texnika bilim yurtini (1932), Moskva un-tining mat. mexanika f-tini (1934) tugatgan. Toshkent toʻqimachilik in-tida kaf. mudiri va direktor oʻrinbosari (1936—47), Oʻzbekiston FA Inshootlar instituti direktori (1947— 57), Ilmiytexnika davlat qoʻmitasi raisi (1957—61), Toshkent politexnika instituti rektori (1963 — 71), Oʻzbekiston FA Prezidiumi aʼzosi hamda Mexanika va boshqarish jarayonlari boʻlimining akad. kotibi (1970—71), «Fan va turmush» jur. bosh muharriri (1970—71).

Asosiy ilmiy ishlari mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi nazariyasiga doir. Oʻzbekistonda seysmik mustahkamlikning dinamik nazariyasi va qobiqlar nazariyasiga oid ilmiy maktab yaratgan, mexanika fanining koʻp ilmiy yoʻnalishlariga asos solgan. Oʻrozboyev paxta terish mashinalariga oid ilmiy tekshirish ishlariga, seysmik mustahkam inshootlar sohasida amaliy va nazariy izlanishlarga rahbarlik qilgan. Davlat mukofoti (1952), Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967). Oʻzbekiston FA Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi inti, Toshkent koʻchalaridan biri Oʻrozboyev nomi bilan atalgan.

As.:Materiallarqarshiligi, 1—2t., 1960 — 65; Seysmostoykost gidrouprugix sistem, T., 1966; Nazariy mexanika asosiy kursi, T., 1966; Materiallar qarshiligi asosiy kursi, T, 1973.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x