OʻRDAKBURUN

OʻRDAKBURUN — oʻrdakburunsimonlar oilasi, bir teshiklilar turkumiga mansub sut emizuvchi hayvon. Oilaning yagona turi. Tanasining uz. 30—45 sm, dumi 10—15 sm. Boshining uchida teri bilan qoplangan yassi muguz «tumshugʻi» (uz. 6,5 sm ga yaqin) boʻladi. Suvga shoʻngʻiganida koʻzi va quloq teshigi teri burmalari bilan yopiladi. Dumi yassi va uzun, 5 barmoqli oyoklarida suzgich pardalari bor. Tishlari faqat yosh hayvonlarda boʻladi; voyaga yetgan davrida ular oʻrnini muguz plastinka egallaydi. Juni yumshoq va qalin; orqa tomondan qoramtirqoʻngʻir, ostki tomondan kulrang tusda. Oʻ. Sharqiy Avstraliya va Tasmaniyada tarqalgan. Daryolar va boshqalar suv havzalari qirgʻoqlarida va suvda yashaydi. Mayda suv hayvonlari bilan oziqlanadi. Urgʻochisi yilda 1-marta suv havzalari qirgʻogʻida kovlangan iniga 1—2, baʼzan 3 ta tuxum qoʻyadi. Qimmatbaho moʻynasi uchun koʻplab ovlangan. Hozir ovlash man etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x