MAKTABXONA

MAKTABXONAboshlangʻich taʼlim maktabi. Dastlab 7—8-a. larda arab mamlakatlarida paydo boʻlgan. 9—10-a. larda aholisi islom diniga eʼtiqod qiladigan Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari, Oʻrta Osiyo, Volga boʻyi hamda boshqa joylarga tarqalgan.

Oʻrta Osiyoda barcha shahar, qishloq, shuningdek, koʻchmanchi aholi yashovchi ovullarda mavjud boʻlgan. Oʻrta Osiyoda oʻgʻil va qiz bolalar alohida-alohida Maktabxona larda oʻqitilgan. Oʻgʻil bolalar Maktabxona lari aksariyati masjidlar, madrasalar, qorixonalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida, qiz bolalar Mlari oʻkituvchi ayollar uylarida yoki badavlat kishilarning Maktabxona yoshidagi qizlari uchun ularning uylarida tashkil etilgan. Maktabxona larda oʻgʻil bolalarni domla oʻqitgan. Qizlarni oʻqitgan ayollar otinoyi yoki otinbibi (Toshkentda), bibixalifa yoki bibiotin (Buxoroda), Eltibibi (Xivada) deb atalgan. Qoraqalpogʻiston xududidagi Maktabxona larda oʻgʻil va qiz bolalar birgalikda bir muallim tomonidan oʻqitilavergan. Maktabxona binosi, odatda, bir xonadan iborat boʻlib, bolalar boʻira yoki gilam ustida oʻtirganlar. Oʻgʻil bolalar Maktabxona larida masjid qavmi tomonidan taklif etilgan masjid imomi yoki muazzini, yoki madrasani tugatgan ziyoli kishi oʻqituvchilik qilgan. Maktabxonada bolalar oʻqishyozishga oʻrgatilgan, madrasalarga oʻqishga kirish uchun zarur bilimlar berilgan.

Maktabxonalar xarajati va domlalarning daromadi vaqf mulkidan tushgan daromadlar hamda oʻquvchilarning ota-onalari tomonidan oʻqish uchun toʻlangan mablagʻlar hisobidan boʻlgan. Shariatga koʻra, ilm oʻrganish uchun murojaat qilgan kishiga rad javobi berish ogʻir gunoh hisoblangan, oʻqishga kelgan har bir bolaning qaysi ijtimoiy toi-fadan boʻlishi va oʻqish uchun qancha haq toʻlashidan qatʼi nazar, oʻqituvchilar zimmasiga ularni har qanday eʼtirozsiz oʻqitish vazifasi yuklangan. Yetim-yesirlar bepul oʻqitilgan. Bolalar oʻqish uchun maktabga 5—6, baʼzan 6 — 8 yoshdan berilgan hamda oʻquv kursi 5—8 y. davom etgan. Yoz rylari va ramazon oyida taʼtilga chiqilgan. Maktabxonada oʻqitishning davomiyligi domlaning mahorati, oʻquvchining zehni hamda oiladagi muhitga bogʻliq boʻlgan. Ma-shgʻulotlar juma va bayram kunlaridan tashqari, har kuni quyosh chiqishidan asr namozigacha davom etgan. Tushlik uchun tanaffus qilingan. Masjidlar qoshidagi Maktabxona larda 10—20 ta, shaharlardagi maktabdor domlalar Maktabxona larida 50—60 tagacha oʻgʻil bolalar oʻqitilgan. Qizlar Maktabxona larida oʻquvchilar soni oʻgʻil bolalar Maktabxona lariga nisbatan chorak va undan ortiqni tashkil etgan.

Maktabxonada darslar jadvali, qatʼiy das-tur va muayyan oʻquv kursi boʻlmagan. Oʻqitish sinfdars tizimida olib borilmagan, balki bir domladan saboq oluvchilarning hammasi bir xonada oʻqigan. Shunga muvofiq, darsxonaning toʻrida Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Mashrab, Hofiz Sheroziy, Soʻfi Olloyor asarlari, «Chor kitob» kabilarni oʻquvchilar, oʻrtasida Qurʼon, «Haftiyak» (forscha — «Qurʼoni Karimning yettidan biri»)ni oʻquvchilar va poygakda «abjadxonlar» (boʻgʻinlab oʻquvchi va «Abjad»ga koʻra, hisob hamda koʻpaytirishni oʻrganuvchilar), «taxtaxonlar» (arab alifbosi harflari yozilgan maxsus taxtacha — «lavh»dagi harflarni yodlab oʻrganayotgan oʻquvchilar) oʻtirganlar. Bu holat oʻquvchilarni oʻqishga yilning aniq belgilangan paytida emas, balki yil davomida qabul qilinaverishiga imkon bergan. Maktabxona larda oʻqish individual olib borilgan, yaʼni oʻqituvchi har bir oʻquvchi bilan alohidaalohida shugʻullangan. U bolalarni bittabittadan yoniga chaqirib, avvalgi darsda berilgan vazi-fani soʻragan, uni oʻzlashtirishiga qarab yangi saboq bergan yoki avvalgi darsni takrorlashni buyurgan. Oʻgʻil bolalar Maktabxona larida domlalar darslarni oʻzlashtirmaydigan va Maktabxona intizomiga rioya etmaydigan bolalarga nisbatan tan jazosini qoʻllash huquqiga ega boʻlgan.

Maktabxonaga oʻqishga kelgan oʻquvchiga, avvalo, «Kalimai shahodat» duosi yodlatilgan. Xarflarning nomini oʻkitishdan harf osti va ustiga qoʻyiladigan diakritik belgilar — «harakat»lar yordamida boʻgʻin tuzishni oʻrgatishga oʻtilgan. Keyingi oʻquv bosqichi «abjadxonlik» deb atalib, bunda oʻquvchilar boʻgʻinlarni qoʻshishga, «Abjad»ga koʻra, hisob va koʻpaytirishga oʻrgatilgan. Maktabxonada kitobxonlik «Haftiyak» kitobini oʻzlashtirish bilan boshlangan. «Haftiyak»dan ke-yin boshqa kitoblarga qoʻshimcha tarzda haftasiga 2—3-marta Qurʼonning qolgan qismi oʻqitilgan. Qurʼonning «Allamnashrax» surasi yodlanishi bilan oʻquvchi «savodxon» hisoblangan. Savodi chiqqach, bolalar diakritik belgilarsiz nastaʼliq yozuvida fors tilida yozilgan «Chor kitob», Soʻfi Olloyorning «Sabot ul-ojizin», Farididdin Attorning «Mantiq uttayr», Hofiz Sheroziy, Fuzuliy, Bedil, Navoiy, Mashrab kabi mutafakkirlarning devonlarini oʻqib saboq olganlar. Oʻgʻil bolalar Maktabxona laridan farqli ravishda, qizlar Maktabxona larida mumtoz shoirlar ijodini oʻrganishga koʻproq eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, ularda qizlar tarbiyasining oʻziga xos jihatlari, chunonchi, uy-roʻzgʻor tutish, pazandalik, pokizalik, sharqona odob-axloq kabilarga oʻrgatuvchi Aliy Nazimoning «Taʼlimi banot», Olimat ul-Banotning «Muosharat odobi», Faxridsin ibn Rizouddinning «Tarbiyali xotun» kabi darsliklari ham oʻqitilgan.

Maktabxona larda bolalar oʻqishni toʻliq oʻzlashtirib olgandan keyingina yozishga oʻtganlar. Baʼzan «Soʻfi Ollo-yor», «Xoʻja Hofiz» kitoblarini oʻqiy oladigan boʻlgandan keyingina «xatga tushgan». Yozuvga oʻrgatish bir necha bosqichda olib borilgan. Dastlab alo-hida harflar yozilgan (mufradot bosqichi), keyin harflarni qoʻshib yozishga (murakkabot bosqichi), soʻngra ikki misrali bayt, qitʼa, ruboiylarni koʻchirib yozish (muqattaot mashqlari) ga oʻtilgan. Va, nihoyat, duoyi salom hamda ish yuzasidan qogʻozlar yozilgan. Domlalar bolalarning yozuvini takomillashtirish uchun ularga «taxta yozish», ayrim shoirlarning kitoblaridan parchalar koʻchirib yozish mashqlarini ham bajartirganlar. Yozuvga oʻrgatishda oʻqituvchilar «Badoiul Insho», «Munshaot», «Dastur ul-quzot», Saidsalohiddinxoʻja ibn Oloviddinxoʻjaning «Mufradot», Shermuhammad Avazbek oʻgʻli Munisning «Savodi taʼlimiy» kabi darslik va koʻllanmalaridan ham foydalanganlar. Maktabxonada imtihonlar boʻlmagan; M. ni bitirganligi haqida hujjat ham berilmagan. Maktabxonalar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qoʻqon, Xiva, Andijon, Margʻilon kabi shaharlarda koʻp boʻlgan. 19-a. oxiri —20a. ning boshlarida oʻlkada ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning oʻsishi, savodxonlikka nisbatan talabning ortib borishi natijasida Maktabxonalar isloh etilib, yangi usul maktablari paydo boʻla boshlagan.

Ad.: Abdullayev Y., Eski maktabda xatsavod oʻrgatish (1867-1917), T., 1961; Pasulov B. M., Oʻzbekistondagi musulmon maktab va madrasalari tarixidan (XIX asr oxiri — XX asrning 20-yillari), Andi-jon, 1996; Solijonova G. F., Turkistonda oʻqitishmaʼrifatchilik oʻchoqlari, ularning ijtimoiy ahamiyati (XIX asr oxiri XX asr boshlari), T., 1997.

Gulnora Solijonova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x