OʻRATEPA ZILZILASI

OʻRATEPA ZILZILASITurkiston tizmasining shim. etagida 1897 yil 17-sentyabr soat 15 yarimlarda sodir boʻlgan. Uning kuchi Oʻrta Osiyoning katta qismida sezilgan. Yer qimirlash markazida (Oʻratepa yaqinida) magnitudasi 6,6, kuchi 8 ballga yetgan. Oradan 2 soat oʻtgach, zilzila deyarli shunday kuch bilan yana takrorlangan. Zilzila zarbidan koʻplab qishloqlar, ayniqsa, Oʻratepaning shim. gʻarbidagi Uvoq, Irganakli, Turkoman kabi qishloqlar vayronaga aylandi. Togʻ yon bagʻridagi jinslar uvalanib, katta oʻpirilishlar va koʻchkilarni keltirib chiqargan. Yer yuzasida 20—30 sm li yoriqlar paydo boʻlgan. 7—8 balli epitsentr zonasi 600 km2 hududni qamrab olgan. Zilzila kuchi Xoʻjand, Qoʻqon, Jizzax, Samarqand va Toshkentda 6—7 ball, Buxoro, Turkiston, Avliyoota (Taroz), Qoʻqon, Andijon va Margʻilonda 5 ball bilan sezilgan. Oldingi zilziladan shikast koʻrgan bir qancha imoratlar takroriy zilzilada butunlay buzilgan. Ayniqsa, Samarqanddagi Registon maydonida joylashgan Ulugʻbek madrasasiga katta zarar yetgan. Keyingi yillarda TurkistonNurota togʻlarida bir qancha zilzilalar qayd qilingan. Shulardan eng kuchlisi 1898-yilda Zominda 8 balli, 1923-yilda Oʻratepada 7 balli va 1955-yilda Jizzaxda 6—7 balli yer qimirlashlar sodir boʻlgan. Bu zilzilalarning seysmotektonik sharoitlarini oʻrganish natijasida TurkistonNurota zonasi ajratildi. Bu zona kuchli yer qimirlashlar boʻlib turadigan jan. Fargʻona seysmogen zonasining davomiga joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x