Eng baxtli bolalar yashaydigan 10 ta mamlakat

Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Hamma yaxshi narsalar bolalarga, degan shior barcha mamlakatlarda jaranglaydi. Butun dunyoning diqqat e’tibori bugungi kunda “hayot gullari” – ya’ni bolalarga qaratilgan. Bolalar uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sanoat va korxonalar esa milliardlab daromad olmoqda.

Farzandlarini hech kimdan kam qilmay o’stirib tarbiyalashni har bir ota-ona istaydi. Biroq bolalarning o’zlari hayotlarini qanday baholaydilar? BMT ning bolalar fondi vakillari dunyoning 29 ta mamlakatlarining bolalariga “Hayotingiz sizni qanchalik qoniqtiradi?” degan savol bilan murojaat qildilar. Va turli mamlakatlardagi bolalarning bergan javoblaridan kelib chiqib, eng baxtli bolalar yashaydigan mamlakatlar ro’yxatini tuzdilar. Keling, shulardan o’ntasi bilan tanishamiz.

1-o’rin – Niderlandiya

1-o’rin – Niderlandiya
Kichik yoshdagi gollandiyaliklar uchun ularning mamlakati – ta’qiqlardan holi bo’lgan jannatning o’zginasidir. Gollandiyaliklar azal-azaldan erkinlikni yaxshi ko’radilar, shuning uchun ham farzandlarini hech narsada zoriqtirmaydilar va hech bir ishda raylarini qaytarmaydilar. Ta’lim-tarbiya borasida ham bolalariga bosim o’tkazmaydilar. Gollandiyada hattoki oilaviy yig’ilishlarda ham oxirgi qarorni bolalar qabul qiladilar. Shuning uchun ham kichik diktatolar o’z mamlakatlarida shodu-xurramlikda hayot kechiradilar.

2-o’rin – Islandiya

2-o’rin – Islandiya
Islandiyada ham an’analar huddi Gollandiyadek, faqat bu yer juda sovuq. Aynan ana shu omil “geyzerlar oroli” degan ikkinchi nomga ega mamlakatga ro’yxatning birinchi o’ridan joy olishga halal berdi. Bolalarga bu yerda bir talay erkinliklar yaratilgan. Otalar ko’p ishlaydilar, onalar esa ro’zg’or ishlari bilan bandlar, farzandlari esa vaqtlarining ko’p qismini bog’cha va maktablarda o’tkazadilar. Lekin shunga qaramay bolalar o’zlarini juda erkin va baxtiyor his etadilar.

3-o’rin – Ispaniya

3-o’rin – Ispaniya
Bu mamlakat oila madaniyati bilan ro’yxatimizning uchinchi o’rnidan joy olmasligi mumkin emas. Ispaniyada bolalarni allada aziz, to’rvada magiz qabilida ardoqlab erkalab katta qiladilar. Ota-onalar farzandlarini hech ham bir o’zlarini uyda yol’giz qoldirmaydilar, maktabga ham bolalar 12 yoshga yetgunga qadar bir o’zlari bormaydilar. Bolalar bog’chasi yoki maktabdan qo’ng’iroq qilib, bolaning yaqinlarini chaqirib qolishlari mumkinligi uchun kimdir – ko’pincha bobo yoki buvilar doimo tayyor turadilar. Bola bir soatgina qarovsiz qolsa, xushyor odamlar albatta politsiyani chaqiradilar. Albatta bunday paypaslashlar ostida katta bo’lgan bolalar yomon yashamaydilar.

4-o’rin – Finlayandiya

4-o’rin – Finlayandiya
Bu mamlakat ta’lim tizimi tufayli ushbu ro’yxatdan joy oldi. Boshlang’ich maktab o’quvchilariga baho qo’yilmaydi, uy vazifasi berilmaydi, har xil testlar bilan qiynashmaydi. Qanday ajoyib!

5-o’rin – Gretsiya

5-o’rin – Gretsiya
Bu mamlakat ham huddi Ispaniyaga o’xshaydi, u yerda ham ota-onalar farzandlarini paypaslab katta qiladilar to uylangurlariga qadar. Gretsiya Ispaniyadan apelsinlarining nordonligi bilangina farq qiladi.

6-o’rin – Belgiya

6-o’rin – Belgiya
Belgiya dunyoda shokoladlari bilan dovrug’ qozongan mamlakatdir. Bu yerda bolalar shirinliklarni bemalol hech qanday ta’qiqlarsiz istemol qila oladilar. Bundan tashqari kichkintoylarning mustaqilligi tahsinga loyiq. Shapkani xohlasa kiyadi, xohlamasa yo’q, ota-ona aytayotgan bo’lsa ham, bola o’z bilganidan qolmaydi. Balki ularga tanbeh berish kerakdir? Nimalar deyapsiz, bunday narsa u yerda also sodir bo’lishi mumkin emas.

7-o’rin – Norvegiya

7-o’rin – Norvegiya
Norvegiyada bolalar o’yinchoqlari, hobbilari, sport turlari o’g’il bola yoki qiz bolaniki deb ajratilmaydi. U yerda “Yig’lama, axir sen o’g’il bolasan” yoki “Nimalar qilyapsan, axir sen qiz bolasan”, degan so’zlarni hech kim ishlatmaydi. Bolalar xohlagan narsalarga qiziqadilar, his tuyg’ularini xohlagancha ko’rsatadilar, xohlagan o’yinchoqlarini o’ynaydilar. Ularga yoqsa bo’ldi, hech kim to’sqinlik qilmaydi.

8-o’rin – Shvetsariya

8-o’rin – Shvetsariya
Shvetsariya aniq soatlar va ishonchli banklar mamlakatidir. Shu bilan birga bu yerda bolalar hali maktabga chiqmay turib, pansionatlarga joylashadilar va shunga qaramay u yerda o’zlarini erkin his qiladilar. Albattada, axir 7 yoshgacha bolalar uchun mo’ljallangan bu pansionatda bolalar hech qanday dars qilmaydilar, harf o’rganmaydilar, kara jadval yodlamaydilar. Bu pansionatdagi bolalar ta’lim tarbiyani qiziq o’yinlar, turli harakatlar, tabiatni kuzatish, o’yin kulgi orqali oladilar. Darvoqe, Pestalotssi, Rudolf Shtayner, Mariya Montesorri kabi pedagoklar aynan Shvetsariyada yashab ishlaganlar.

9-o’rin – Estoniya

9-o’rin – Estoniya
UNICEF ma’lumotiga ko’ra, so’rovda ishtirok etgan Estoniyalik kichkintoylarning 86% i onalari bilan juda yaxshi til topisha oladilar. Va shu omil tufayli Estoniya baxtli bolalar yashaydigan mamlakatlar 10 taligidan joy oldi.

10-o’rin – Sloveniya

10-o’rin – Sloveniya
Bu mamlakat aholisi o’z yaqinlariga nisbatan bo’lgan his-tuyg’ularini hech qachon oshkor etmaydilar, shu jumladan kichkintoylarga. Biroq munosabatlardagi bu sovuqqonlik kichkintoylar qalbidagi baxt hissini so’ndira olmaydi. Bu yerdagi bolalar juda baxtlidirlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x