OʻNBOSHI

OʻNBOSHI — harbiy unvon, 10 kishidan iborat eng kichik harbiy boʻlinma boshligʻi. Turkiy xalklar tuzgan eng qadimiy davlatlar (mas, Hunlar va Turk xoqonligi)da ilk marta joriy qilingan. Oʻnboshi bevosita yuzboshita boʻysungan. Amir Temur davrida Oʻnboshi oddiy askarga nisbatan 10 barobar ortiq maosh olgan (bu paytda oddiy askarning oyligi mingan otining narxiga teng boʻlgan). Oʻrta Osiyo xonliklari davrida ham Oʻnboshining harbiy mavqei oʻzgarmagan. Turkiyeton mintaqasida qizil armiyaga qarshi kurash yillarida koʻplab qoʻrboshi guruhlarida (Ibrohimbek va boshqalar) Oʻnboshi lavozimi mavjud boʻlgan. Soʻnggi oʻrta asrlarda Oʻ. Rossiyada «desyatnik» deb atalgan. 20-asrda sovet armiyasi safida 10 kishidan iborat harbiy boʻlinma boʻlib, uni boʻlim komandiri (yefreytor yoxud kichik serjant) boshqargan. Ad.: Temur tuzuklari, T., 1996.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x